O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri o‘rinbosari, Prezident ishlari bo‘yicha vazirini qabul qildi

2018-05-07 | Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7 may kuni mamlakatimizga tashrif buyurgan Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri o‘rinbosari, Prezident ishlari bo‘yicha vazir Shayx Mansur bin Zoid Ol Nahayonni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, O‘zbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasidagi turli darajadagi aloqalar faollashgani, barcha sohalarda ikki tomonlama munosabatlar sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Suhbat davomida ikki tomonlama amaliy hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari, jumladan, mamlakatimizga Amirliklar investorlarini istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga keng jalb etish, ularning faoliyatini tizimli ravishda rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Bu borada neft-gaz, kimyo, qurilish, qishloq xo‘jaligi, logistika, turizm, shaharsozlik va ahamiyatga molik boshqa qator sohalarda o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish yuzasidan kelishib olindi.

O‘z navbatida, Shayx Mansur bin Zoid Ol Nahayon Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Xalifa bin Zoid Ol Nahayonning yuksak hurmati va ezgu tilaklarini yetkazdi.

Uchrashuv chog‘ida mehmon joriy yil mart oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiyada O‘zbekiston tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar hamda Islom hamkorlik tashkiloti doirasida bildirilgan takliflarni Amirliklar hukumati to‘liq qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Shuningdek, Shayx Mansur bin Zoid Ol Nahayon mamlakatlarimiz o‘rtasidagi har tomonlama va o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, jumladan, aniq istiqbolli investitsion loyihalarni hayotga to‘la tatbiq etishga Birlashgan Arab Amirliklari tayyor ekanini ma’lum qildi.

Поделиться