O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
IHT delegatsiyasi bilan uchrashuv
2018-06-20 | Siyosat
2018-yilning 20-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizga tashrif buyurgan Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) Bosh kotibi Halil Ibrahim Akchani qabul qildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va IHT o‘rtasidagi hamkorlik holati va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi va savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va boshqa sohalardagi aloqalarga alohida e’tibor qaratildi, mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashning amaliy jihatlari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, vazir uchrashuvda ishtirok etgan Hadi Sulaymonpurni 2018-yil avgustidan uch yillik muddatga IHT Bosh kotibi lavozimiga tayinlangani bilan tabrikladi.