O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Farg‘ona viloyatida “Har bir oila - tadbirkor” dasturi uchun 100 million dollar ajratish rejalashtirilmoqda

2018-06-13 | Siyosat

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Oltiariq tumanida Farg‘ona viloyati faollari, mutasaddi rahbarlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. 

Farg‘ona viloyati sanoat tovarlari ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish, xizmat ko‘rsatish, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan tovarlar va boshqa ko‘rsatkichlar bo‘yicha respublikadagi o‘rtacha darajadan bir necha barobar orqada ekani tanqid ostiga olindi.

Biz o‘zimizga juda katta yuk olganmiz. Xalqimizni rozi qilishimiz kerak. Farg‘ona viloyati hamma soha bo‘yicha hali o‘zining yo‘lini topgani yo‘q. Iqtisodiyotda, maishiy hayotda ko‘p muammolar to‘planib qolgan. Lekin rahbar shuning uchun rahbar - masalaga yechim topishi kerak. Buning uchun vatanni sevishi, o‘zini qiynashi kerak, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Odamlarni rozi qilish uchun ularni ish bilan ta’minlash, buning uchun investitsiyalar jalb etish va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi. Xususan, viloyatda 101 mingta ish o‘rni yaratish imkoniyati borligi ko‘rsatib o‘tildi.

“Har bir oila - tadbirkor” dasturini Farg‘ona viloyatida amalga oshirish uchun oilalarning tadbirkorlik imkoniyatlarini o‘rganish, zarur bo‘ladigan moliyaviy resurslarni hisob-kitob qilib, kamida 100 million dollar ajratish bo‘yicha topshiriq berildi.

Yig‘ilishda ko‘rilgan masalalar bo‘yicha mutasaddilarning hisobotlari eshitildi. Aholi talablaridan kelib chiqib zarur chora-tadbirlar belgilandi.

Поделиться