O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Prezident fermerlar bilan suhbatlashdi

2018-06-13 | Siyosat

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oltiariq tumanidagi “Ismoil Nozim obod” fermer xo‘jaligi dalasida bo‘ldi. G‘alla o‘rimini, g‘o‘za holatini ko‘zdan kechirdi.

Viloyat dehqon va fermerlari bilan suhbatda g‘alla hosilini yig‘ib olish, g‘o‘zadan kafolatlangan hosil yetishtirish, takroriy ekinlar ekish zarurligi ta’kidlandi.

Dehqonchilikda yil yilga o‘xshamaydi. Hosildan, daromaddan umidvor fermer har bir niholni “sizlashi” kerak. Barcha agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida, sidqidildan bajarishi zarur, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Qishloq xo‘jaligi uchun murakkab kelgan joriy yilda suvdan omilkorlik bilan foydalanish, bozorbop ekinlar ekish, hosildorlikni oshirish bo‘yicha mutasaddilarga zarur topshiriqlar berdi.

Поделиться