O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Belarus Respublikasi parlamentidagi uchrashuvlar
2018-06-13 | Siyosat
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi N.T. Yo‘ldoshev boshchiligidagi parlament delegatsiyasi bugun tashrif doirasida Belarus Respublikasi Milliy majlisi Respublika Kengashi Raisi M.V. Myasnikovich bilan uchrashdi.
Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi o‘rtasidagi parlamentlararo munosabatlarni yanada rivojlantirish masalalari muhokama etildi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Belarus Respublikasi Milliy majlisi Respublika Kengashi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida Memorandum imzolandi.
Shuningdek kunning ikkinchi yarmida O‘zbekiston delegatsiyasining Belarus Respublikasi Milliy majlisi Vakillar palatasi Raisi V.P. Adreychenko bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda tomonlar qonun ijodkorligi faoliyatida tajriba va yangiliklar bilan o‘zaro almashish istiqbollarini muhokama qildilar.