O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

K.Adenauer nomidagi fond delegatsiyasi bilan uchrashuv

2018-06-13 | Siyosat

2018-yilning 12-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Konrad Adenauer nomidagi fondning (Germaniya) Yevropa va xalqaro hamkorlik bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Frank Priss boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralarda turli sohalardagi O‘zbekiston-Germaniya muloqotining rivojlanishi nuqtayi-nazaridan O‘zbekiston va K.Adenauer nomidagi fond o‘rtasidagi hamkorlikning dolzarb jihatlari muhokama qilindi.

Qayd etilganidek, ikki tomonlama munosabatlar, demokratiya va huquqiy davlat qurish jarayonlarini mustahkamlash va kengaytirish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga ko‘maklashishga qaratilgan mazkur Fond va uning Markaziy Osiyodagi Mintaqaviy vakolatxonasining samarali faoliyati O‘zbekistonda yuqori baholanadi.

Shuningdek, yangi texnologiyalar, fan va ta’lim sohasida almashinuv, mutaxassislar amaliyoti o‘tashini tashkillashtirish kabi yo‘nalishlardagi qo‘shma loyihalarni tadbiq etish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Suhbatda Fondning Markaziy Osiyo bo‘yicha Mintaqaviy vakolatxonasi rahbari Tomas Kuntse ishtirok etdi.

Поделиться