O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Turkmaniston Elchisi bilan uchrashuv
2018-08-02 | Siyosat
2018-yilning 2-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov o‘z diplomatik missiyasini yakunlayotgan Turkmaniston Favqulodda va Muxtor Elchisi Shiri Shiriyevni qabul qildi.
Bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida Vazir Turkmaniston Elchisi mamlakatimizda faol va sermahsul faoliyat yuritganini qayd etdi hamda bugun ikki davlat rahbarlari rahnamoligida sifat jihatdan yangi strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgan o‘zaro manfaatli O‘zbekiston – Turkmaniston munosabatlarini kengaytirish va chuqurlashtirishdagi uning qo‘shgan shaxsiy hissasini yuqori baholadi.
Shiri Shiriyev, o‘z navbatida, O‘zbekiston tomoniga o‘zining Elchi sifatidagi samarali faoliyati uchun yaratilgan qulay sharoitlar uchun minnatdorlik izhor etdi.