O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
AQSH Davlat departamentidagi uchrashuv to‘g‘risida
2018-07-30 | Siyosat
2018-yilning 27-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Vashington shahrida AQSH Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha yordamchisining birinchi o‘rinbosari Ellis Uells bilan uchrashdi.
Suhbat davomida O‘zbekiston va AQSH tashqi siyosat idoralari o‘rtasidagi hamkorlikni, jumladan “C5+1” shaklidagi munosabatlarni yanada rivojlantirishning amaliy jihatlari muhokama qilindi.
Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar, avvalo Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, ta’lim va madaniy-gumanitar sohada hamkorlikni kengaytirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.