O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

AQSH Kongressi Vakillar palatasi a’zosi bilan uchrashuv to‘g‘risida

2018-07-27 | Siyosat

2018-yilning 25-iyul kuni Diniy erkinliklarni ilgari surish masalalariga bag‘ishlangan vazirlar konferensiyasida ishtirok etish uchun Vashington shahriga kelgan O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi AQSH Kongressi Vakillar palatasi a’zosi Trent Kelli bilan uchrashdi.

Suhbat chog‘ida har taraflama o‘zbek-amerika muloqotini rivojlantirish nuqtayi nazaridan O‘zbekiston va AQSH parlamentariylari o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning AQSHga rasmiy tashrifi doirasida O‘zbekiston rahbari bilan uchrashgan kongressmenlar guruhi tarkibida bo‘lgan Trent Kelli Qo‘shma Shtatlar va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlardagi ijobiy tendensiyani qo‘llab-quvvatlashga qiziqishini tasdiqladi.

Kongressmen O‘zbekiston va AQSH, jumladan o‘zi saylangan Missisipi shtati o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasida yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashishga tayyorligini bildirdi. Istiqbolli yo‘nalishlardan biri sifatida paxtachilik, qishloq xojaligiga kadrlar tayyorlash va qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish qayd etildi.

Muzokaralar davomida alohida e’tibor parlamentlararo aloqalarni yanada faollashtirishga qaratildi. Kongress delegatsiyasining O‘zbekistonga 2017-yil noyabrdagi tashrifiga rahbarlik qilgan kongressmen Trent Kelli O‘zbekiston va AQSH parlamentlari o‘rtasidagi tashriflar almashinuvi amaliyotini davom ettirish, shuningdek, ikki mamlakat qonunchilik organlarida do‘stlk guruhlarini yaratish orqali dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashishni kengaytirishga qiziqish bildirdi.

Поделиться