O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Shavkat Mirziyoyev tibbiyotda zamonaviy menejmentni joriy etish bo‘yicha topshiriq berdi

2018-07-30 | Siyosat

Prezident Shavkat Mirziyoyev 28-iyul kuni Mudofaa vazirligining Markaziy harbiy klinik gospitalini borib ko‘rdi.

Mazkur gospital o‘tgan asrning qirqinchi yillarida qurila boshlagan. Bugungi kunda klinika qariyb 16 gektar maydonni egallagan.

Shavkat Mirziyoyev ushbu shifoxona sobiq tuzum loyihasi asosida qurilgani va eskicha tartibda ishlab kelayotgani, bunday zamon o‘tib bo‘lganini ta’kidladi.

Ushbu gospitalni davlat-xususiy sheriklik asosida ish yuritishga o‘tkazish, boshqaruvda zamonaviy menejmentni joriy etish zarur. Shunda daromad ham bo‘ladi, sifat ham ta’minlanadi, dedi Prezident.

Shifoxona hududini optimallashtirish, binolarni rekonstruksiya qilish va zamonaviy uskunalar bilan jihozlash, bu yerga xorijiy klinikalar va mutaxassislarni jalb etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Поделиться