O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Slovakiya Elchisi bilan uchrashuv
2018-07-26 | Siyosat
2018-yilning 26-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Slovakiya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Yan Bori bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Suhbat davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirish nuqtayi nazaridan O‘zbekiston-Slovakiya kun tartibining asosiy masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda turli darajalardagi hamkorlikni, jumladan ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari va parlamentlari o‘rtasidagi aloqalarni faollashtirish, Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha idoralararo komissiyaning birinchi majlisini o‘tkazish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston va Slovakiya o‘rtasidagi o‘zaro savdo hajmi mavjud salohiyatlarga mos kelmasligi ta’kidlandi hamda uni kengaytirishdan tomonlar manfaatdor ekanligi qayd etildi.
Shuningdek, 27-28-fevral kunlari Budapesht shahrida bo‘lib o‘tgan “Vishegrad guruhi + Markaziy Osiyo” vazirlar uchrashuvi natijalari hamda keyingi forumni o‘tkazish sanasi va joyi yuzasidan fikr almashildi.