O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
AQSH Davlat kotibining birinchi o‘rinbosari bilan uchrashuv
2018-07-30 | Siyosat
2018-yilning 27-iyul kuni AQSHda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Vashington shahrida AQSH Davlat kotibining birinchi o‘rinbosari Jon Sallivan bilan uchrashdi.
Bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida Prezident Shavkat Mirziyoyevning joriy yil may oyida AQSHga rasmiy tashrifi va Prezident Donald Tramp hamda boshqa rahbarlar bilan o‘tkazgan muzokaralarida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish nuqtayi nazaridan O‘zbekiston – AQSH kun tartibidagi ayrim masalalar muhokama qilindi.
Turli sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi, kuzda O‘zbekistonda AQSH biznes haftaligini o‘tkazish to‘g‘risidagi tashabbusni qo‘llab-quvvatlandi.
Davlat kotibining birinchi o‘rinbosari AQSH ma’muriyati nomidan Afg‘onistondagi tinchlik jarayoni ta’minlash va ushbu davlat xalqini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha sa’y-harakatlari uchun O‘zbekiston hukumatiga minnatdorlik bildirdi.
Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarning boshqa masalalari ham ko‘rib chiqildi.