O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston delegatsiyasi Vashington shahrida bo‘lib o‘tgan Diniy e’tiqod erkinligiga ko‘maklashish bo‘yicha vazirlar konferensiyasida ishtirok etdi

2018-07-30 | Siyosat

2018-yilning 24-26-iyul kunlari AQSH Davlat kotibi Maykl Pompeo taklifiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Vashington shahrida bo‘lib o‘tgan Diniy e’tiqod erkinligini ta’minlash bo‘yicha vazirlar konferensiyasida ishtirok etdi.

Delegatsiya tarkibidan Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov, Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev, Adliya vaziri Ruslanbek Davletov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi Kotibining o‘rinbosari Bobur Usmanov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi a’zosi va Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz rahbari Akmal Saidov, O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatilla Irgashev o‘rin olgan.

Konferensiya ishida tashqi siyosat idoralari rahbarlari, xalqaro tashkilotlar boshliqlari, diniy yetakchilar va fuqarolik jamiyati faollari darajasidagi dunyoning 80 dan ortiq davlatining 600ga yaqin vakillari ishtirok etdi.

AQSH Davlat kotibi forumni ochar ekan D.Tramp ma’muriyati tashqi siyosat yuritishda diniy erkinliklarning ta’minlanishi masalalariga alohida e’tibor qaratishini ta’kidladi.

“Diniy erkinlik rivojlansa, mamlakat rivojlanadi, - deya ta’kidladi Davlat kotibi. – Bunga misol O‘zbekistondir. Biz O‘zbekistonning yanada erkin jamiyat qurish yo‘lidagi qadamlarini olqishlaymiz. Ishonchimiz komilki, diniy erkinlik to‘g‘risidagi qaror mamlakat, jamoatchilik hamda butun mintaqaga juda katta uzviy ijobiy ta’sir ko‘rsatadi”.

O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari Vazir Abdulaziz Kamilov nutqida Prezident Shavkat Mirzoyoyevning ma’rifiy islom g‘oyalarini yoyish bo‘yicha bildirgan tashabbuslari batafsil bayon etilgan. O‘zbekiston bu masalada chuqur o‘tmishga egaligi ta’kidlandi. Mamlakatimiz rahbarining Imom al-Buxoriy nomidagi Xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Islom sivilizatsiyasi markazi hamda O‘zbekiston Islom akademiyasini yaratish bo‘yicha qarorlariga alohida urg‘u berildi.

Qayd etilganidek, O‘zbekiston Prezidentining mazkur qarori Prezident Donald Trampning Ar-Riyod shahrida Ekstremistik mafkura bilan kurashish global markazini ta’sis etish bo‘yicha tashabbusi bilan uyg‘undir. Radikalizm xavfini bartaraf etish uchun yoshlar bilan ishlash muhimligi alohida qayd etildi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Prezidentining Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi BMT xalqaro konvensiyasini ishlab chiqish va qabul qilish haqidagi tashabbusi to‘g‘risida ma’lum qilindi.

“Shuni qayd etishdan mamnunmanki, ba’zi mamlakatlarda diniy erkinlik masalalariga alohida ahamiyat berilmoqda va O‘zbekistonning mazkur sohada erishgan keskin ilgari siljigani to‘g‘risida biz bugun eshitdik. Siz namoyish etayotgan ochiqlik va bu kabi nozik masalalarga yechim topishdagi qat’iyat uchun sizdan minnatdorman”, - deya ta’kidladi konferensiya nihoyasida AQSHning diniy erkinlik sohasida maxsus topshiriqlar bo‘yicha elchisi Samuel Braunbek.

Forum yakunlariga ko‘ra Vazirlar konferensiyasining Deklaratsiyasi qabul qilindi. Unda ishtirokchi davlatlarning diniy e’tiqod erkinliklarini yanada ilgari surishga sodiqliklari o‘z tasdig‘ini topgan.

Поделиться