O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Texnologiyalar

Endi elektr ta’minoti korxonasi vakilini onlayn ariza yordamida chaqirish mumkin

21.11.2017Texnologiyalar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida elektr ta’minoti korxonasi vakilini onlayn ariza yordamida chaqirish imkoniyati yaratildi. Mazkur xizmatdan my2.gov.uz portalidan ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar foydalanishlari mumkin.

Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimida maxsus interaktiv xizmati ishga tushdi

14.11.2017Texnologiyalar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining yangi talqini–«My2.gov.uz»da yuridik shaxslar uchun tashqi savdo shartnomalari bo‘yicha ma’lumotlarni taqdim etishga xizmat qiluvchi Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimida interaktiv xizmati ishga tushdi.

Turizm tarmog‘ini rivojlantirishda AKTdan foydalanish masalalari muhokama etildi

08.11.2017Texnologiyalar

2017 yilning 7 noyabr kuni Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “Mirzo Ulugbek Innovation Center” Innovatsiya markazi “Turizm tarmog‘ini rivojlantirishda AKTdan foydalanish” mavzusida seminar o‘tkazdi.

Vazirlikda Microsoft vakili bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

07.11.2017Texnologiyalar

Bugun Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Microsoft korporatsiyasining MDH mamlakatlaridagi bosh direktori Ronald Binkofski bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Janubiy Koreyada elektron hukumat bo‘yicha global forum bo‘lib o‘tdi

02.11.2017Texnologiyalar

Koreya Respublikasida elektron hukumatni qurish boshlanganiga ellik yil to‘ldi. Shu munosabat tashkil etilgan xalqaro forumda elektron hukumat barpo etish va texnologiyalarni rivojlantirishda ilg‘or mamlakatlarning davlat xizmatchilari, yetakchi ekspertlar, nufuzli universitetlarning talabalari elektron hukumatning istiqbollarini muhokama qilishdi.

“Aqlli kutubxona”lar tizimini universitetda sinab ko‘rish jarayoni davom etmoqda

01.11.2017Texnologiyalar

«Har kimga ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi,
madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi kafolatlanadi.
Davlat jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishiga g‘amxo‘rlik qiladi».
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 42-modda.

Davlat va jamiyat taraqqiyotida yangi g‘oya va ixtirolarning, intellektual mulkning ahamiyati beqiyos. Bosh qomusimiz va qonunlarimizda intellektual mulkning huquqiy asoslari mustahkamlangan.

Axborot xavfsizligining yangi tendensiyalari o‘rganilmoqda

31.10.2017Texnologiyalar

Toshkentda “Aloqa va axborotlashtirish sohasida axborot xavfsizligi. Muammolar va ularni yechish yo‘llari” mavzuida an’anaviy yillik seminar bo‘lib o‘tdi.

«O‘zbektelekom» AK: Yangi tizim–yangi imkoniyatlar

30.10.2017Texnologiyalar

«O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasining ixtisoslashgan «Axborot tizimlari» filialida amalga oshirilayotgan loyihalar hamda ularning maqsad va ahamiyatiga bag‘ishlangan brifing o‘tkazildi.

«Mirzo Ulugbek Innovation Center» innovatsiya markazi rezidentlari safi kengaydi

30.10.2017Texnologiyalar

Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qo‘llab-quvvvatlash bo‘yicha «Mirzo Ulugbek Innovation Center» innovatsiya markazida yangi rezidentlarni qabul qilish marosimi o‘tkazildi.

Kompyuter ekspertizasi joriy etiladi

30.10.2017Texnologiyalar

Mamlakatimiz sud espertiza tizimiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari keng joriy etilmoqda.

Qishloq xo‘jaligi: ilg‘or texnologiyalar va amaliyot

28.10.2017Iqtisodiyot

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida dehqon va fermerlar faoliyatini yanada takomillashtirish, meva-sabzavot mahsulotlari sifatini yaxshilash, agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida, samarali olib borilishiga imkon beruvchi qishloq xo‘jaligi meteostansiyasini o‘rnatishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. 

"Elektron hukumat" tizimida xavfsizlikni ta’minlash muhokama markazida bo‘ldi

27.10.2017Texnologiyalar

Bugun poytaxtimizda "elektron hukumat" tizimida axborot xavfsizligi muammolari va ularning yechimlariga bag‘ishlangan respublika seminari tashkil qilindi. Tadbirda davlat boshqaruvi organlarining bevosita mazkur yo‘nalishga mas’ul 100 dan ziyod mutaxassislari qatnashdilar. 

Poytaxtimizda «Innovatsiya–2017» xalqaro ilmiy-amaliy anjumani ish boshladi

27.10.2017Texnologiyalar

Bugungi kunda ishlab chiqarish, moliya sohalarida yangi texnologiyalarni joriy etish, infratuzilmani rivojlantirish, valyuta resurslarini jamg‘arish innovatsion faoliyat jadal taraqqiy etganiga bog‘liq. Inson faoliyatining turli jabhalarini qamrab olgan innovatsiya jarayonlarining uzviyligi esa ilmiy yo‘nalishlar va fanlararo tadqiqotlar negizidagina aniq natijalar beradi.

Interfaol xizmatlarni ommalashtirish–dolzarb vazifa

27.10.2017Texnologiyalar

Poytaxtimizda jamoatchilikni Interfaol davlat xizmatlari yagona portalida ko‘rsatilayotgan yangi elektron xizmatlardan xabardorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda.

«BestSoft Challenge 2017» tanlovda ro‘yxatdan o‘tish muddati 2017 yil 31 oktyabrgacha uzaytirildi

20.10.2017Texnologiyalar

Ko‘p sonli so'rovlarga ko‘ra, «BestSoft Challenge 2017» tanlovi ishtirokchilarini ro‘yxatga olish muddati 2017 yil 31 oktyabrgacha uzaytirildi va quyidagi muddatlar belgilandi:

UZ milliy domen zonasi: yangi istiqbol va imkoniyatlar

20.10.2017Texnologiyalar

UZ milliy domen zonasi ma’muriyati “Uzinfocom” kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi Osiyo-Tinch okeani mintaqasida yuqori darajali milliy domenlar assotsiatsiyasi (APLTD) a’zosiga aylandi. Tegishli qaror assotsiatsiya a’zolarining 72-anjumanida qabul qilindi.

«O‘zbekistonda nanotexnologiyalarni rivojlantirish istiqbollari» mavzuida seminar o‘tkazildi

18.10.2017Texnologiyalar

Ushbu seminar O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tomonidan tashkil etildi.

IBM delegatsiyasi vazirlikka tashrif buyurdi

12.10.2017Texnologiyalar

11-oktabrda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida IBM kompaniyasining MDH mamlakatlarida biznesni rivojlantirish bo‘yicha mintaqaviy direktori bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda raqamli texnologiyalarga o‘tish, iqtisodiy sohalar, shuningdek ta’lim, tibbiyot, telekommunikatsiya va boshqa sohalarga IBM'ning innovatsion yechimlarini joriy qilish masalalari muhokama qilindi.