O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

«Mirzo Ulugbek Innovation Center» innovatsiya markazi rezidentlari safi kengaydi

2017-10-30 | Texnologiyalar

Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qo‘llab-quvvvatlash bo‘yicha «Mirzo Ulugbek Innovation Center» innovatsiya markazida yangi rezidentlarni qabul qilish marosimi o‘tkazildi.

Tadbirda mazkur innovatsiya markazi mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida ishlab chiqarish, ta’lim va ilm-fan integratsiyasini chuqurlashtirish, shuningdek, iqtisodiyotning yuqori texnologik sohalari rivoji uchun qulay sharoitlarni yaratishga xizmat qilayotgani ta’kidlandi. 

«Mirzo Ulugbek Innovation Center» innovatsiya markazi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 30 iyundagi «Respublikada axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga asosan axborot texnologiyalari sohasida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar, dasturiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchilarni birlashtirish maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, Toshkent shahridagi Inha universiteti markazning ta’sischisi hisoblanadi. 

Bugungi kunda innovatsiya markazi rezidentlarining soni 80 dan oshdi. 

– Markazimiz rezidentlari safi tez sur’atlarda kengayayotganidan mamnunmiz, – deydi innovatsiya markazi direktori Xurshid Sultonov. – Mamlakatimiz AKT kompaniyalari innovatsiya markazimizga katta qiziqish bildirmoqda. Tez orada markazimiz yuzdan ortiq yuridik shaxsni birlashtiradi. Maqsadimiz ham yurtimizda AKT tarmog‘ini rivojlantirish hamda yalpi ichki mahsulotda mazkur yo‘nalish ulushini sezilarli darajada oshirishdan iboratdir. 

Tadbirda innovatsiya markazida yaratilgan qulayliklar va rezidentlarga taqdim etilayotgan imkoniyatlar, shuningdek, ularning vazifalari haqida so‘z yuritildi. Rezidentlarning 2028 yilning 1 yanvarigacha bo‘lgan muddatga soliqlar va majburiy ajratmalardan ozod etilgani ta’kidlandi. Ular 7,5 foizli stavka bo‘yicha jismoniy shaxslar daromadlaridan olinadigan soliq va 4,5 foizli stavka bo‘yicha pensiya jamg‘armasiga kiritiladigan sug‘urta badaliga tortiladi, xolos. 

«Mirzo Ulugbek Innovation Center» innovatsiya markazining Muvofiqlashtiruvchi kengashi tomonidan AKT kompaniyalariga markaz rezidenti maqomini olish imkoniyatlari kengaytirildi. Endilikda dasturiy ta’minot chiqarish bo‘yicha faoliyat ko‘rsatadigan, turli dasturiy ta’minotlar, kompyuter o‘yinlari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan yuridik shaxslar ham markaz rezidenti maqomini olishga nomzod bo‘lishi mumkin. 

Tadbirda 53 yuridik shaxsga innovatsiya markazi rezidenti maqomi berildi va sertifikatlar topshirildi.

 

Mohigul Qosimova, O‘zA

Поделиться