O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Texnologiyalar

Turkmaniston Aloqa vazirligi delegatsiyasi tashrif buyurdi

23.05.2017Texnologiyalar

22 may kuni O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Turkmaniston Aloqa vaziri o'rinbosari Garayev Ashir Muradovich boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Toshkent shahridagi Inha universitetida an’anaviy “Google I/O 2017 Extended” konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

22.05.2017Texnologiyalar

2017 yilning 20 may kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida an’anaviy “Google I/O 2017 Extended” konferensiyasi o‘tkazildi. Mazkur konferensiyada 300 nafardan ortiq ishlab chiqaruvchilar, dasturchilar va O‘zbekistondagi ko‘pgina universitetlardan talabalar ishtirok etishdi.

Respublika axborot-kutubxona markazi qoshida ilk o‘quv markazi tashkil qilindi

18.05.2017Texnologiyalar

Bugungi kunda mamlakatimizdagi axborot-kutubxona markazlarida 28 mingdan ziyod xodim ishlaydi. Elektron kutubxonalarga talabning oshishi, shuningdek bu borada yangi texnologiyalarning tatbiq qilinayotganini hisobga olsak, ularning zamonaviy axborot-kutubxonachilik bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirib borish -- dolzarb masala. Ayni shu maqsadda yaqinda Respublika axborot-kutubxona markazi qoshida ilk «INFOLIB Education» nomli o‘quv markazi tashkil qilindi.

AKT rivojlanish holati, istiqbollari va muammolar matbuot anjumanida muhokama qilindi

18.05.2017Texnologiyalar

17 may – "Jahon telekommunikatsiya va axborotlashgan jamiyat kuni" munosabati bilan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Xalqaro press klub bilan hamkorlikda ommaviy axborot vositalari uchun AKT rivojlanish holati, istiqbollari va muammolarga bag‘ishlangan matbuot anjumanini tashkil etdi.

Xalq bilan muloqot takomillashmoqda

17.05.2017Texnologiyalar

“Elektron hukumat” tizimi yil sayin takomillashib, talab yuqori bo‘lgan yangi interfaol xizmatlar bilan boyitilgan holda foydalanuvchilar uchun yanada qulay bo‘lib bormoqda. Ayni paytda ushbu ishlar davomi sifatida Interfaol davlat xizmatlari yagona portalining yangilangan IDXYaP 2.0 versiyasi sinovdan o‘tkazilmoqda.

Yo‘l harakati qoidabuzarliklari uchun jarimalarni onlayn tekshirish xizmati ishga tushdi

12.05.2017Texnologiyalar

Yo‘l harakati qoidabuzarliklari uchun to‘lanadigan jarimalarni onlayn tekshirish xizmati rasman ishga tushdi. Xizmat barcha foydalanuvchilarga mo‘ljallangan bo‘lib, mutloq BEPUL asosda ko‘rsatiladi. Jarima bor-yo‘qligi yoki uning miqdorini aniqlanishi uchun uch-to‘rt marta kerakli tugma* bosiladi. Bunda, avtoulov egasi haqidagi ma’lumotlar kiritilishi talab etiladi.

Telekommunikatsiya sohasida litsenziyalash jarayoni soddalashadi

11.05.2017Texnologiyalar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi "Telekommunikatsiya sohasida litsenziyalash faoliyatini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi hukumat qarori loyihasini ishlab chiqmoqda.

Poytaxtimizda X Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkasi ish boshladi

10.05.2017Texnologiyalar

O‘zbekiston Fan va texnologiyalar agentligi va Iqtisodiyot vazirligi hamkorligida o‘tkazilayotgan yarmarka korxonalar, ilmiy tashkilotlar va oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘zaro manfaatli munosabatlarni o‘rnatishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu iqtisodiyotimizning barcha sohalari jadal rivojlanishi, istiqboldagi dasturlarni ishlab chiqishda muhim ilmiy va amaliy asos vazifasini bajarmoqda. 

Virtual qabulxonaga murojaatlarni qabul qiluvchi operatorlar faoliyati muhokama qilindi

04.05.2017Texnologiyalar

2 may kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni xodimlari bilan hamkorlikda «O'zbektelekom» AKning Toshkent shahar telefon tarmog'iga qarashli «Call center» yagona xizmati xodimlari uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasiga bo'layotgan murojaatlar bilan ishlashga bag'ishlangan seminar tashkil qildi.

«Elektron hukumat» — aholiga qulaylik yaratishning amaliy tizimi

02.05.2017Texnologiyalar

Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida “Elektron hukumat” tizimi samarali ishlashini ta’minlash kechiktirib bo‘lmaydigan vazifa sifatida belgilangan. Prezidentimiz Hukumatning yil yakunlariga bag‘ishlangan majlisida alohida qayd etganidek, hozircha u to‘liq hajmda ishlamayapti. Ayrim idoralar esa bu tizimga yoki ulanmagan yoki ochiq aytadigan bo‘lsak, uni nima qilishni ham bilmaydi.

“Xotira va qadrlash kuni” bayrami sharafiga Xotira.uz sayti ishga tushirildi

01.05.2017Texnologiyalar

“Xotira va qadrlash kuni” bayrami arafasida UZINFOCOM Markazi tomonidan Ikkinchi jahon urushi faxriylari va ishtirokchilari xotirasiga bag‘ishlangan Xotira.uz sayti ishga tushirildi. Xotira.uz saytida urush maydonida jang qilgan vatandoshlarimiz fotosuratlari, ularning jasoratlari to‘g‘risidagi tarixiy ma’lumotlar hamda Xotira va qadrlash kuni bayrami to‘g‘risidagi yangiliklar o‘rin olgan.

“Microsoft” kompaniyasi Toshkent shahridagi Inha universitetida o‘quv-sinfini ochdi

28.04.2017Texnologiyalar

Dasturiy ta’minot ishlab chiqarish bo‘yicha dunyodagi yetakchi kompaniyalardan biri «Microsoft» korporatsiyasi 2017 yilning 26 aprel kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti(IUT)da maxsus o‘quv sinfini ochdi.

Onlayn-marketing rivojlanmoqda

27.04.2017Texnologiyalar

Poytaxtimizda onlayn-marketing va internet tarmog‘ida tovar va xizmatlarni taklif etishga bag‘ishlangan “Ucenet – 2017” xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Ta’lim tizimida zamonaviy texnologiyalar

27.04.2017Texnologiyalar

Toshkent shahridagi Inha universitetida “Microsoft” korporatsiyasi o‘quv xonasining ochilishi hamda ta’lim tizimida ofis dasturlaridan foydalanish masalasiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

AT va kommunikatsiyalarni rivojlantirish sohasining I chorakdagi faoliyati sarhisob qilindi

27.04.2017Texnologiyalar

Joriy yilning 26 aprel kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2017 yilning I choragidagi faoliyati sarhisobi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishning borishi, istiqboldagi vazifa hamda loyihalarni belgilashga bag‘ishlangan Hay’at majlisi bo‘lib o‘tdi.

Elektron murojaat: qulay va samarali

26.04.2017Texnologiyalar

Murojaat qilish va axborot olish fuqarolarning eng asosiy huquqlaridan bo‘lib, ular inson manfaatlarini ta’minlash va himoya qilishning muhim omillaridandir. 

“Elektron parlament” tizimini joriy qilish masalasi muhokama markazida

25.04.2017Texnologiyalar

2017 yil 24 aprel kuni Aloqa tarixi muzeyida Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan “Harakatlar strategiyasini amalga oshirish: “elektron parlament” tizimini joriy qilish va rivojlantirish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.