O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Texnologiyalar

Olmaotada "Globallashuv davrida raqamli kun tartibi" xalqaro forumi ish boshladi

02.02.2018Texnologiyalar

Bugun Olmaotada "Globallashuv davrida raqamli kun tartibi" mavzuidagi xalqaro forum o‘z ishini boshlaydi. Forum bosh mavzusi zamonaviy trend va yo‘nalishlarni hisobga olgan holda, Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga a’zo mamlakatlar o‘rtasidagi raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yuzasidan hamkorlikni kuchaytirishdan iborat. 

Elektron navbat joriy etilishi uzoq vaqt kutish azobidan qutqaradi. Bu borada qanday amaliy ishlar qilinmoqda?

01.02.2018Texnologiyalar

Kundalik hayotda ishimiz tez-tez tushishi mumkin bo‘lgan sohalar – poliklinika, bank, notariat va boshqa muassasalarga borganda uzoq navbat kutish odamlarni qiynayotgan muammolardan sanaladi. Bunga barham berish maqsadida elektron navbatlar joriy etilayotgani quvonarli.

Prezident topshirig'iga ko'ra bir qator universitetlar o'rtasida masofaviy ta'lim tizimi yaratildi

01.02.2018Texnologiyalar

Mamlakatimizda mahalliy va xalqaro internet kanallarining axborotni o'tkazuvchanlik darajasi oshib borayotgani axborot va kommunikatsiya texnologiyalari asosida masofaviy ta'lim tizimini joriy qilishga ham zamin yaratmoqda.

Mamlakatimizda axborot xavfsizligi konsepsiyasi ishlab chiqilmoqda

01.02.2018Texnologiyalar

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasining axborot xavfsizligi konsepsiyasi ishlab chiqilmoqda. Unda kiberxavfsizlikka qarshi kurashish sohasidagi strategik vazifalar va konseptual yo‘nalishlar belgilanadi.

2018 yildan O‘zbekiston telefon raqamlarining 9 belgili tizimiga o‘tadi

31.01.2018Texnologiyalar

Bunday tizimga o‘tish to‘g‘risida qaror Xalqaro elektr aloqa uyushmasining tavsiyalari hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlari raqamlari tizimi va rejasi” talablariga muvofiq qabul qilingan. Bu haqda “O‘ztelekom” kompaniyasi matbuot xizmati o‘zining Facebook’dagi sahifasida xabar qildi.

Hamkorlikni rivojlantirish yo‘lida

31.01.2018Texnologiyalar

«Mirzo Ulugbek Innovation Center» axborot texnologiyalari ishlanmalarini qo‘llab-quvvatlash va joriy etish innovatsion markazida dasturiy ta’minot ishlanmalari va axborot texnologiyalari konsaltingi bilan shug‘ullanuvchi «Exadel Inc» xalqaro kompaniya vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish istiqbollari muhokama qilindi.

«McKinsey & Company» vakillari bilan uchrashuv

30.01.2018Texnologiyalar

29 yanvar kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida «McKinsey & Company» kompaniyasi vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston raqamli televideniyega o‘tish jarayonini yakunlamoqda

30.01.2018Texnologiyalar

O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligidan ma’lum qilishlaricha, mamlakatimiz aholisini raqamli teleko‘rsatuvlar bilan qamrab olish darajasi 100 foizga yetdi. Bu O‘zbekistonda yer usti analog teleko‘rsatuvlari davri yakunlanayotganidan dalolat beradi.

Exadel Inc. vitse-prezidenti O‘zbekiston AT-sanoati imkoniyatlari bilan tanishmoqda

26.01.2018Texnologiyalar

Bugun vazirlikda Exadel Inc. korporatsiyasi vitse-prezidenti Gregoriy Katsman bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Kompaniya ayni paytda O‘zbekistonda bo‘lib, bu yerdagi AT-bozorda hamkorlik o‘rnatish imkoniyatlarini o‘rganmoqda. 

Sohani rivojlantirishning uzoq muddatga mo‘ljallangan konsepsiyasini ishlab chiqishda hamkorlikka chorlaymiz!

26.01.2018Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturini shakllantirish va moliyalashtirishga oid yangi tartib to‘g‘risida”gi qarorida vazirlik zimmasiga axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini rivojlantirishning uzoq muddatga mo‘ljallangan konsepsiyasini ishlab chiqish vazifasi yuklatilgan edi.

“Deloyt” bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

25.01.2018Texnologiyalar

24 yanvar kuni vazirlikda “Deloyt” konsalting kompaniyasining Qozog‘istondagi departamenti rahbari Kristofer Armitaj, departamentning Kaspiy mintaqasidagi “raqamli strategiya“ni ishlab chiqishga mas’ul “Deloyt” MDH mas’ullari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Sarhisob: Davlat organlari veb-saytlari orasida Moliya vazirligining rasmiy sayti eng ommabopi bo‘ldi

24.01.2018Texnologiyalar

«Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi Yagona davlat interfaol xizmatlari portalining 2017-yildagi faoliyatini sarhisob qildi 

Adib Sobir Termiziy nomidagi axborot-kutubxona binosi ishga tushirildi

24.01.2018Texnologiyalar

20 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida Adib Sobir Termiziy nomidagi axborot-kutubxona binosi foydalanishga topshirildi. Tadbirda viloyat hokimligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

Eng mashhur saytlar, mobil telefonlar va ilovalar aniqlandi

24.01.2018Texnologiyalar

“Milliy marketing markazi” korxonalari uyushmasi “Intarget.uz” kompaniyasi bilan hamkorlikda mamlakatimiz internet statistikasiga oid maxsus nashr tayyorladi. Unda ijtimoiy tarmoq va veb-sahifalarga tashrif buyuruvchilar soni haqidagi ma’lumotlar, eng mashhur mobil telefonlar va ilovalar ro‘yxati aks etgan.