O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Texnologiyalar
«Aloqabank»ning «Rezident» tarifi IT-sanoat uchun yangi davrni boshlab beradi 29.12.2017Texnologiyalar«Mirzo Ulugbek Innovation Center» hamda «Aloqabank» AK o‘rtasida imzolangan kelishuvga ko‘ra, 2018 yilning ilk kunlaridan boshlab markazga a’zo kompaniyalar «Rezident» tarifi doirasida yangi imtiyozlardan foydalanishlari mumkin. Eng muhimi esa, ularni bank operatsiyalarini amalga oshirishda yuzaga keladigan barcha byurokratik masalalarni hal etishdan ozod qiladi. |
Inha universiteti vitse-prezidenti tashrif buyurdi 28.12.2017Texnologiyalar27 dekabr kuni Janubiy Koreyaning Inha universiteti vitse-prezidenti Inkyo Chong boshchiligidagi delegatsiya vazirlikka tashrif buyurdi. |
Zamonaviy tarmoq mutaxassislari tanlovi 27.12.2017TexnologiyalarO‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan viloyat korxona va tashkilotlari o‘rtasida “AKT – 2017” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. |
Muvaffaqiyatli startap yaratish siri 27.12.2017TexnologiyalarToshkent shahridagi Inha universitetida belaruslik mutaxassislar ishtirokida tashkil etilgan seminar shu mavzuga bag‘ishlandi. Unda g‘oyalarni muvaffaqiyatli startapga aylantirishning asosiy bosqichlari, AT-loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish masalalari muhokama etildi. |
25.12.2017Texnologiyalar «UZ» domen hududi ma’muriyati internet tarmog‘i milliy segmentida domenlar o‘sishining rekord ko‘rsatkichlarini qayd etdi. Tashkilot rasmiy veb-saytidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, oxirgi oyning o‘zida 15 mingdan ortiq domen ro‘yxatdan o‘tgan. |
Innovatsiya markazi ko‘magida mahalliy IT-kompaniyalar xalqaro ko‘rgazmada ishtirok etadilar 22.12.2017TexnologiyalarMilliy dasturiy ta’minot mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil qilingan «Mirzo Ulugbek Innovation Center» Innovatsiya markazi ko‘magida yurtimizdagi IT-kompaniyalar Hindistonning nufuzli «INDIASOFT 2018» ko‘rgazmasida ishtirok etish imkoniga ega bo‘ladilar. |
Yagona portalda ko‘rsatilayotgan onlayn soliq xizmatlari 13.12.2017Texnologiyalarmy2.gov.uz manzilida ishga tushirilgan yangi talqindagi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida Davlat soliq qo‘mitasi bilan hamkorlikda tatbiq qilingan interaktiv xizmatlar zarur hujjat va ma’lumotlarni tez va oson usulda olish, soliq xizmatlaridan masofadan turib samarali foydalanish imkonini beradi. Quyida ana shunday xizmat turlari bilan sizni tanishtiramiz. |
Oracle vakillari tashrif buyurishdi 10.12.2017Texnologiyalar7-dekabrda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Oracle kompaniyasining Rossiya va MDH davlatlari bo‘yicha mintaqaviy direktori Oleg Jukov bilan uchrashuv tashkil qilindi. |
Belorussiya dasturiy ta’minot sanoati tajribasi o‘rganildi 05.12.2017TexnologiyalarMamlakatimizda mehmon bo‘lib turgan Belorussiya Yuqori texnologiyalar parki asoschisi Valeriy Sepkalo ishtirokida shu yilning 4-dekabrida maxsus seminar tashkil qilindi. Unda davlat organlarining mas’ul xodimlari qatnashdilar. |
Vazirlik «Siemens» kompaniyasi bilan memorandum imzoladi 16.11.2017TexnologiyalarO‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. Aripov Germaniya Federativ Respublikasiga tashrifi doirasida 15-noyabr kuni “Siemens AG” konsernining Myunxenda joylashgan bosh qarorgohida bo‘lib, uning Rossiya va Markaziy Osiyo bo‘yicha prezidenti Azi Roland Bush bilan uchrashdi. |
Telekommunikatsiya texnologiyalari muhokama qilindi 01.12.2017TexnologiyalarPoytaxtimizda Xalqaro elektr aloqa ittifoqi bilan hamkorlikda ishlash va uyushmaga a’zo davlatlar uchun yaratilgan sharoitlarga bag‘ishlangan mintaqaviy seminar bo‘lib o‘tdi. |
AKT vazirligi hamda Koreya Ichki ishlar va xavfsizlik vazirligi o‘rtasidagi hamkorlik kengaymoqda 29.11.2017TexnologiyalarO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 22-25 noyabr kunlari Koreyaga qilgan tashrifi doirasida, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi delegatsiyasi Koreya Respublikasi Ichki ishlar va xavfsizlik vaziri Kim Bu Kyum bilan muzokaralar o‘tkazdi. |
Toshkent shahrida Xalqaro Elektraloqa Ittifoqining hududiy seminari bo‘lib o‘tmoqda 29.11.2017Texnologiyalar11-noyabr kuni Toshkent shahrida Xalqaro Elektraloqa Ittifoqining “Xalqaro Elektraloqa Ittifoqi bilan hamkorlik: a’zo davlatlar, sohalar va ilmiy yo‘nalishda faoliyat ko‘rsatuvchi tashkilotlar. XEI ning tarkibi va ishlash uslublari” mavzuidagi mintaqaviy seminari bo‘lib o‘tdi. |
Umumiy tahdidlarga jamoaviy javob 28.11.2017TexnologiyalarO‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashga ko‘maklashish markazi mutaxassislari Xalqaro elektraloqa ittifoqi (XEI) tomonidan Moldova poytaxti Kishinyov shahrida tashkil etilgan "Cyber Drill Alert" kiberxavfsizlik bo‘yicha mintaqaviy o‘quv mashqlarida ishtirok etdi. |
Yagona portalda avtotransport egalari uchun 3 ta onlayn xizmat ko‘rsatilmoqda! 26.11.2017TexnologiyalarYagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my2.gov.uz) da hozirda avtomobil egalari uchun 3 ta interaktiv xizmatlar ko‘rsatilmoqda. Ularning yordamida yurtdoshlarimiz vaqt hamda mablag‘larini tejab qolishlari mumkin. Ular to‘g‘risida quyida ma’lumot beramiz. |
Talabalar uchun “Microsoft”dan bepul dasturiy ta’minot 25.11.2017Texnologiyalar“Microsoft” korporatsiyasi vakillari Toshkentdagi Inha universiteti ma’muriyatiga “Microsoft Imagine” dasturining 1000 vaucherini topshirdi. Bu vaucherlar universitet talabalariga “Microsoft” korporatsiyasi tomonidan yaratilgan dasturiy ta’minotni loyihalashtirish va ishlab chiqish vositalaridan bepul foydalanish imkoniyatini beradi. |
AKT delegatsiyasi Koreya Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bilan muzokaralar o‘tkazdi 24.11.2017TexnologiyalarAxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi hamda Toshkent shahridagi Inxa Universiteti rahbariyatidan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi Koreya Respublikasi yetakchi oliygohlari - Seul milliy universiteti (Seoul National University), Koryo universiteti (Koreya University) va Yonsey universiteti (Yonsei University) rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazdi. |
Science Leader” Web of science award nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblar taqdirlanadi 22.11.2017TexnologiyalarO‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi, xalqaro Clarivate Analytics kompaniyasi va “E-LINE PRESS” MChJ hamkorligida Xalqaro ilm-fan kuniga bag‘ishlab “Science Leader” Web of science award xalqaro sovrin g‘oliblarini taqdirlash o‘tkaziladi. |
"Dori vositalarini hisobi "TS-APTEKA"" avtomatlashgan axborot tizimi yaratildi 22.11.2017Texnologiyalar"TETRASOFT GROUP" ma'suliyati cheklangan jamiyati mutaxassislari tomonidan dorixonalarning dori vositalari bilan ishlaydigan bo'limlarida hisobot berish, ish yuritish va hisobotlarni to'liq avtomatlashtirishni ta'minlash uchun mo'ljallangan tizim yaratildi. |