O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Janubiy Koreyada elektron hukumat bo‘yicha global forum bo‘lib o‘tdi
2017-11-02 | Texnologiyalar
Koreya Respublikasida elektron hukumatni qurish boshlanganiga ellik yil to‘ldi. Shu munosabat tashkil etilgan xalqaro forumda elektron hukumat barpo etish va texnologiyalarni rivojlantirishda ilg‘or mamlakatlarning davlat xizmatchilari, yetakchi ekspertlar, nufuzli universitetlarning talabalari elektron hukumatning istiqbollarini muhokama qilishdi.
Tadbirning rasmiy qismi Janubiy Koreya yarim asrda bu yo‘nalishda qo‘lga kiritgan yutuqlar, mamlakatdagi yetakchi kompaniyalar tajribasini o‘rganishga bag‘ishlandi.
Global forumda O‘zbekistondan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri birinchi o‘rinbosari Olimjon Umarov qatnashib, mamlakatimizda elektron hukumatni rivojlantirish tarixi va uning oldida turgan asosiy vazifalar to‘g‘risida ma’ruza qildi. Xususan, Yagona davlat interaktiv xizmatlari portali (my.gov.uz), “Yagona oyna” tamoyili bo‘yicha aholiga xizmat ko‘rsatuvchi markazlar, normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portali (regulation.gov.uz), ochiq ma’lumotlar portali (data.gov.uz), O‘zbekiston Respublikasining virtual qabulxonasi (pm.gov.uz), Mirzo Ulug‘bek innovatsiya markazi, Davlat ijro intizomi tizimi (ijro.gov.uz) haqida ma’lumot berdi.