O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Interfaol xizmatlarni ommalashtirish–dolzarb vazifa

2017-10-27 | Texnologiyalar

Poytaxtimizda jamoatchilikni Interfaol davlat xizmatlari yagona portalida ko‘rsatilayotgan yangi elektron xizmatlardan xabardorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi hamda Osiyo taraqqiyot banki hamkorligida amalga oshirilayotgan “Samarali davlat boshqaruvi uchun elektron hukumat” loyihasi doirasida tashkil etildi. 

Seminarda mamlakatimizda aholi va yuridik shaxslarga interfaol xizmatlar ko‘rsatishga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari keng va maqsadli joriy etilayotgani alohida ta’kidlandi. Bugungi kunda davlat organlari veb-sahifalari va Interfaol davlat xizmatlari yagona portali (my.gov.uz) aholiga uch yuzdan ortiq xizmat ko‘rsatmoqda. Portal ochilgan kundan boshlab 230 mingdan ortiq ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchidan 1,5 millionga yaqin murojaat kelib tushgan. “Elektron hukumat” tizimining joriy etilishi natijasida turli idoralarga tashrif buyurish va davlat xizmatchilari bilan bevosita muloqotga zarurat qoldirmaydigan tranzaksion xizmatlarga to‘liq o‘tish ko‘zda tutilmoqda. 

Buning samarasida BMT tomonidan 2016-yil 30-iyul kuni chop etilgan sharhda O‘zbekiston "Elektron hukumat" tizimini rivojlantirish ko‘rsatkichlari reytingida 20 o‘rin yuqoriga ko‘tarilgan. 

2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish doirasida Interfaol davlat xizmatlari yagona portalining barcha zamonaviy talab va standartlarga javob beruvchi yangi talqini – YePIGU 2.0 (my2.gov.uz) ishlab chiqildi. U joriy yilning may oyida sinov tariqasida ishga tushirildi. Xususan, kommunal xizmatlar bo‘yicha qarzdorlik va yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimani qo‘llash va ular bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish, soliqqa oid qarzdorlikni to‘lash, sug‘urta to‘lovlarini kiritish va jamg‘arib boriladigan nafaqa hisobi holati to‘g‘risidagi ma’lumotdan xabardor bo‘lish kabi yangi xizmat turlari joriy etildi. 

Seminarda axborot tarqatishning samarali usullari va elektron davlat xizmatlarini ommalashtirishga oid ma’lumotlar taqdim etildi.

 

Roman Bondarchuk, O‘zA

Поделиться