O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qishloq xo‘jaligi: ilg‘or texnologiyalar va amaliyot

2017-10-28 | Iqtisodiyot

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida dehqon va fermerlar faoliyatini yanada takomillashtirish, meva-sabzavot mahsulotlari sifatini yaxshilash, agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida, samarali olib borilishiga imkon beruvchi qishloq xo‘jaligi meteostansiyasini o‘rnatishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. 

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va BMT Taraqqiyot dasturi o‘rtasidagi “O‘zbekiston biznes forumi (III bosqich)” qo‘shma loyihasi bo‘yicha viloyatdagi 800 fermer va dehqon xo‘jaligini agrotexnik tadbirlar o‘tkazishga oid bepul professional tavsiyalar bilan ta’minlash bo‘yicha tashabbus yo‘lga qo‘yilmoqda. 

Qo‘shma loyiha tufayli Yangiyo‘l, O‘rta Chirchiq, Parkent va Toshkent tumanlarida 10 ming gektardan ortiq hududni qamrab oluvchi axborot texnologiyalari asosida ishlaydigan qishloq xo‘jaligi meteostansiyalari dehqonlar og‘irini yengil qiladi. 

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi Toshkent tumani bo‘limi qoshida tashkil etilgan “Konsalting Madad Hamkor” kompaniyasi meteoma’lumotlar tahlilini muntazam ravishda dehqonlarning uyali telefoniga uzatib turadi. Unda 7 turdagi ekin uchun kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish bo‘yicha agrotexnik tadbirlar o‘tkazish zarurati yuzasidan tavsiyalar mavjud. 

– Har bir meteostansiya yog‘ingarchilik hajmi, tuproq harorati, havo va bargning namlik darajasini, shamol tezligi va yo‘nalishi kabi qator ko‘rsatkichlarni prognozlashtiradigan bir nechta asbob bilan jihozlangan, – deydi “Konsalting Madad Hamkor” kompaniyasi rahbari E.Usmonxo‘jayev. – Hozir dunyodagi 80 dan ortiq mamlakat qishloq xo‘jaligida ushbu loyihadan unumli foydalaniladi. Hosilga yetkazilayotgan zararning 90 foizi ob-havo sababli qishloq xo‘jaligida avtomatlashgan monitoring tizimi dehqonning ortiqcha mablag‘ini tejab, kun bo‘yi dalada vaqtini o‘tkazmasligiga imkon beradi. Bu esa ishlab chiqarish resurslaridan samarali foydalanishga xizmat qiladi. 

Seminarda ushbu texnologiyaning joriy etilishi dehqonchilikdagi xarajatlar qisqarishi, mahsulot yetishtirish tannarxining kamayishi va foydaning o‘sishini ta’minlashiga oid masalalar yuzasidan fikr almashildi. 

 

 

Abdulaziz Musayev, O‘zA 

Поделиться