O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Turizm tarmog‘ini rivojlantirishda AKTdan foydalanish masalalari muhokama etildi

2017-11-08 | Texnologiyalar

2017 yilning 7 noyabr kuni Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “Mirzo Ulugbek Innovation Center” Innovatsiya markazi “Turizm tarmog‘ini rivojlantirishda AKTdan foydalanish” mavzusida seminar o‘tkazdi.

Seminar ishida turizm sanoati va axborot texnologiyalari sohasi vakillari hamda Markaz rezidentlari ishtirok etishdi.

O‘zbekiston rahbariyati turizm sohasini rivojlantirishni ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida belgiladi. Mazkur sanoatni rivojlantirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2017 yil 16 avgustdagi PQ-3217 sonli qarori bilan 2018-2019 yillarda turizmni rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturini tasdiqladi.

Bugungi kunda biz biror bir soha faoliyatini zamonaviy texnologiyalarsiz tasavvur qila olmaymiz. Axborot texnologiyalari turizm sohasini rivojlantirishda ham muhim o‘rin tutadi, sababi zamonaviy texnologiyalar istiqboldagi sayyohlarni turistik mahsulotlar va mamlakatning diqqatga sazovor joylari to‘g‘risida xabardor qilish, shuningdek, turli xil onlayn xizmatlar – chiptalarni, mehmonxonalarni, restoranlarni bron qilish va boshqa xizmatlarni taqdim etish imkonini beradi.

“Mirzo Ulugbek Innovation Center” Innovatsiya markazi direktori Xurshid Sultanov qayd etdi: “Mazkur seminarni tashkil qilishimizdan asosiy maqsad - sayyohlik va IT tarmog‘i vakillarini bir-birlari bilan o‘zaro tanishtirishdan iborat edi. Netvorking sayyohlik tarmog‘i uchun hamkorlikdagi yangi IT-mahsulotlarni yaratish, bu esa o‘z navbatida sayyohlar uchun taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash imkonini beradi”.

Seminar davomida ishtirokchilar Hotspot.uz, MyTaxi, Workly va shu kabi loyihalarning imkoniyatlari bilan tanishishdi. Shuningdek, qatnashchilarga interaktiv “Uzbekistan Pass” turistik servisining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Seminar davomida turistik va IT-kompaniyalar vakillari hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Поделиться