O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Dushanbeda Oʻzbekiston – Tojikiston qoʻshma korxonasi ochildi
2020-09-29 | Iqtisodiyot
Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzoda, Tojikiston Respublikasi Majlisi milli Majlisi Oli raisi, Dushanbe shahri meri Rustam Emomali ishtirok etdi.
Ikki mamlakat rahbarlari tashabbusi bilan Dushanbe shahrida 60 million dollar evaziga barpo etilgan mazkur “Artel Avesto Electronics” oʻzbek-tojik qoʻshma korxonasi zamonaviy elektr texnika ishlab chiqarishga moʻljallangan.
Manba: O'zA