O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

"Silverleaf" va "Indorama" kompaniyalari rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazildi

2020-10-05 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 3-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investisiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov O‘zbekistonda muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan bir qator xorijiy investorlar bilan xususan, "Silverleaf International" kompaniyasi asoschisi D.Patterson va "Indorama" kompaniyasi bosh ijrochi direktori A.Loxiya bilan videokonferensiya orqali muzokaralar o‘tkazdi.

D.Patterson bilan bo‘lib o‘tgan muloqot chog‘ida Jizzax viloyati Paxtakor tumanidagi paxta klasterining joriy faoliyatiga oid masalalar ko‘rib chiqildi. Klasterda O‘zbekistonda birinchi marta paxtani o‘stirish va terish jarayonlari to‘liq mexanizasiyalashildi va suv tejaydigan texnologiyalari joriy etildi. Ayni paytda 11,7 ming gektar maydonga ega klaster hududida 125 ta ilg‘or qishloq xo‘jaligi texnikasidan foydalaniladi hamda "Pul'sar" tizimi joriy etilgan, bu esa suv sarfini sezilarli darajada kamaytirib, hosildorlikni 20% ga oshirish imkonini bermoqda.
 
Muzokaralarda yetakchi xorijiy brendlarning buyurtmalariga asosan yuqori qo‘shilgan qiymatga ega to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish orqali klasterni yanada kengaytirishning amaliy jihatlari muhokama qilindi, buning uchun kompaniya O‘zbekistonda biznes yuritishning yuqori ijtimoiy va ekologik me'yorlarini joriy qilmoqda.
 
"Indorama" rahbariyati bilan suhbat chog‘ida kompaniyaning O‘zbekistondagi investisiyaviy faoliyatining ko‘lami va dinamikasi ta'kidlandi - 2011-yilda singapurlik investorlar Qo‘qonda ip yigiruv fabrikasini barpo etdilar, bunda xorijiy investisiyalar hajmi 130 mln dollarni tashkil etgan edi.
 
Ayni paytda korxona tomonidan Qashqadaryo, Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlarida umumiy maydoni 100 ming gektarga yaqin paxta va to‘qimachilik klasterni yaratish bo‘yicha loyiha hamda Qo‘qon superfosfat zavodini modernizasiya qilish loyihasi amalga oshirilmoqda.
 
Muzokaralar chog‘ida tomonlar "Indorama" kompaniyasining O‘zbekistondagi investisiyaviy dasturlari ijrosini jadallashtirish bo‘yicha keyingi qadamlar to‘g‘risida kelishib oldilar.
 
Muzokaralarda, shuningdek, shu yilgi paxta yig‘im-terimi kampaniyasiga oid masalalar muhokama qilindi – hozirgi bosqichda 32 ming nafar terimchi paxta yig‘im-terimiga yakka tartibdagi shartnoma asosida jalb etilgani va kampaniyaga oid barcha ma'lumotlar keyinchalik inson huquqlari xalqaro tashkilotlarini jalb qilgan holda barcha paxta yig‘im-terimi jarayonlarini audit qilish uchun qayd etilayotganligi ta'kidlandi.
 
Yaqin kelajakda kompaniya maxsus uskunalar yordamida hosilni qisqa vaqt ichida yig‘ib olish imkonini beradigan to‘liq mexanizasiyalashgan paxta yig‘im-terimiga o‘tishni rejalashtirmoqda. "Indorama" rahbariyatining fikricha, paxtachilik sohasida zamonaviy xalqaro standartlarni amalda joriy etish xorijiy brendlar bilan hamkorlik qilish imkoniyatlarini shakllantiruvchi eng muhim omillardan biri hisoblanadi.
 
Muzokaralar yakunida xorijiy investorlarga loyihalarni amalga oshirish va yuzaga kelayotgan masalalarni hal etishda har tomonlama yordam ko‘rsatilishi kafolatlandi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться