O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Iqtisodiyot

Charm-poyabzal sanoati ishlab chiqaruvchilari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

19.07.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Toshkent shaxrining Bektemir tumanida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi rahbariyati tomonidan charm-poyabzal sanoati ishlab chiqaruvchilari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Tadbirda 50 dan ortiq tadbirkorlar ishtirok etishdi.

Prezident tashabbusi: Endi ikki mintaqa yanada yaqinlashadi

19.07.2021SiyosatManba: O'zA

Ayni kunlarda butun jamoatchilik e’tiborida bo‘lgan-Prezidentimiz tashabbuskorligida 15-16-iyul kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar» mavzusidagi xalqaro konferensiya oliy ta’lim muassasalarida ham katta qiziqish bilan kuzatib borildi.

Samarqand va Buxoro viloyatlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

19.07.2021JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakov rahbarligida Samarqand shahridagi studiyadan videokonferensiya shaklida Davlat rahbarining Samarqand va Buxoro viloyatlariga tashriflari davomida berilgan topshiriqlar hamda Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasining ushbu hududlarga safarlari davomida berilgan ko‘rsatmalar ijrosining borishi muhokama qilindi. Shuningdek, ikki hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning joriy ko‘rsatkichlari va uni yanada rag‘batlantirish bo‘yicha birinchi darajali vazifalar ko‘rib chiqildi.

Markaziy va Janubiy Osiyoda barqaror o‘sishga xizmat qiluvchi savdo va transport aloqasi

19.07.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

“Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar”  yuqori darajadagi xalqaro konferensiya dasturi doirasida “Markaziy va Janubiy Osiyoda barqaror o‘sishga xizmat qiluvchi savdo va transport aloqasi” mavzusida panel' muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

Biznes doiralarining hamkorligi O‘zbekiston – Pokiston iqtisodiy munosabatlarini rivojlantirishning muhim omilidir

17.07.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Toshkent shahrida O‘zbekiston – Pokiston biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Tadbirning ochilish marosimida Pokiston Islom Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi Abdul Razzoq Dovud va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari –investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov so‘zga chiqdi.

Germaniya Tashqi ishlar vazirligi vakili bilan uchrashuv

17.07.2021SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

2021-yilning 17-iyul kuni Tashqi ishlar vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev Germaniya Federativ Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo bo‘yicha vakili Matias Lyuttenberg bilan uchrashdi.

Italiya Tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vaziri o‘rinbosari bilan uchrashuv to‘g‘risida

17.07.2021IqtisodiyotManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Italiya Respublikasi Tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vaziri o‘rinbosari Manlio Di Stefano bilan uchrashuv o‘tkazdi. Suhbat davomida O‘zbekiston-Italiya ko‘p qirrali hamkorligining hozirgi holati va istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Perm o‘lkasi hukumati vakillari o‘rtasida onlayn-muloqot o‘tkazildi

17.07.2021IqtisodiyotManba: “Dunyo” axborot agentligi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Perm o‘lkasi hukumati vakillari o‘rtasida onlayn-muloqot bo‘lib o‘tdi.

Pokiston bilan turizm sohasidagi hamkorlik mustahkamlanmoqda

17.07.2021TurizmManba: “Dunyo” axborot agentligi

Pokiston Bosh vaziri Imron Xonning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi doirasida O‘zbekiston turizm va sport vazirligi bilan Pokiston hukumatining mintaqalararo muvofiqlashtirish vazirligi o‘rtasida Turizm masalalari bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti xorijiy delegatsiyalar rahbarlarini qabul qildi

17.07.2021SiyosatManba: O'zA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16 iyul kuni “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etgan xorijiy mamlakatlar tashqi ishlar vazirlari, hukumatlar va nufuzli xalqaro tashkilotlar vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Bangladesh tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

17.07.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi xalqaro konferensiya doirasida Bangladesh Xalq Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abul Kalom Abdul Mo‘minni qabul qildi.

O‘zbekiston Prezidenti BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi rahbarini qabul qildi

17.07.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi yuqori darajali xalqaro konferensiya tadbirlarida ishtirok etayotgan BMT Bosh kotibi o‘rinbosari, Yevropa iqtisodiy komissiyasi (YeIK) Ijrochi kotibi Olga Algayerovani qabul qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti AQSh delegatsiyasini qabul qildi

17.07.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16-iyul kuni poytaxtimizda o‘tayotgan xalqaro konferensiya doirasida AQSh Prezidentining maslahatchisi Elizabet Shervud-Rendall boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Markaziy Osiyo va Rossiya tashqi ishlar vazirliklari rahbarlarining uchrashuvi to'g'risida

16.07.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

2021-yil 16-iyul kuni Toshkent shahrida “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiya doirasida tashqi siyosat mahkamalari rahbarlarining "Markaziy Osiyo – Rossiya" shaklidagi to'rtinchi uchrashuvi bo'lib o'tdi.

O‘zbekiston Prezidenti Ozarbayjon Bosh vazirining o‘rinbosarini qabul qildi

16.07.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Toshkent xalqaro konferensiyasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Shaxin Mustafoyev bilan uchrashuv o‘tkazdi.

O‘zbekiston Prezidenti Quvayt tashqi ishlar vazirini qabul qildi

16.07.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yuqori darajadagi xalqaro konferensiya ishida qatnashayotgan Quvayt Davlatining tashqi ishlar vaziri, Vazirlar Mahkamasi ishlari bo‘yicha davlat vaziri shayx Ahmad Nosir al-Muhammad as-Sabohni qabul qildi.

Sessiyada ikkita vazirlik va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi mutasaddilari hisobot berdi

16.07.2021IqtisodiyotManba: O'zA

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati kengashining navbatdagi sessiyasida Prezidentimizning joriy yil 1-2-iyun kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida belgilab berilgan vazifalar ijrosi yuzasidan Moliya, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirliklari hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi mutasaddilarining hisobotlari tinglanib, muhokama etildi.

O‘zbekiston Prezidenti Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosarini qabul qildi

16.07.2021SiyosatManba: O'zA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi xalqaro konferensiyada Qirg‘iziston delegatsiyasiga rahbarlik qilayotgan Qirg‘iz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari – iqtisodiyot va moliya vaziri Aqilbek Japarovni qabul qildi.

O‘zbekiston Prezidenti Turkmaniston tashqi ishlar vazirini qabul qildi

16.07.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Bugun Toshkentdagi xalqaro konferensiya dasturi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredovni qabul qildi.

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Bosh vazirining o‘rinbosari – tashqi ishlar vazirini qabul qildi

16.07.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiya tadbirlarida ishtirok etayotgan Qozog‘iston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – tashqi ishlar vaziri Muxtor Tleuberdini qabul qildi.