O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Perm o‘lkasi hukumati vakillari o‘rtasida onlayn-muloqot o‘tkazildi
2021-07-17 | Iqtisodiyot
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Perm o‘lkasi hukumati vakillari o‘rtasida onlayn-muloqot bo‘lib o‘tdi.
Agentlik tomonidan COVID-19 pandemiyasi sharoitida O‘zbekiston fuqarolarini Rossiya Federatsiyasiga ishlash uchun tashkiliy tarzda jalb qilish tartibi to‘g‘risida batafsil maʼlumot berildi. Tadbirda tomonlar hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi, Perm o‘lkasida O‘zbekiston fuqarolarini ish bilan taʼminlashni tashkil qilish bo‘yicha kelgusidagi hamkorlik to‘g‘risida kelishib oldi.
Manba: “Dunyo” axborot agentligi