O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Pokiston bilan turizm sohasidagi hamkorlik mustahkamlanmoqda
2021-07-17 | Turizm
Pokiston Bosh vaziri Imron Xonning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi doirasida O‘zbekiston turizm va sport vazirligi bilan Pokiston hukumatining mintaqalararo muvofiqlashtirish vazirligi o‘rtasida Turizm masalalari bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.
Mazkur hujjat ikkala mamlakat o‘rtasida turistik almashinuvni oshirish uchun qulay shart-sharoit yaratish, turizm industriyasi vakillarining to‘g‘ridan–to‘g‘ri muloqotini kengaytirish, o‘zaro info-turlar tashkil etish, kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturlarini amalga oshirish, turizmning yangi yo‘nalishlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
Manba: “Dunyo” axborot agentligi