Charm-poyabzal sanoati ishlab chiqaruvchilari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Toshkent shaxrining Bektemir tumanida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi rahbariyati tomonidan charm-poyabzal sanoati ishlab chiqaruvchilari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Tadbirda 50 dan ortiq tadbirkorlar ishtirok etishdi.
Uchrashuvning asosiy maqsadi soha rivojining bugungi holatini tahlil qilish, tizimli va alohida uchrayotgan muammolarni aniqlash hamda ularni hal etish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqishdan iborat bo‘ldi.
Uchrashuvda charm-poyabzal sanoatini rivojlantirishning dolzarb yo‘nalishlari va istiqbollari, mamlakatimizda yangi yuqori texnologiyali korxonalarni tashkil etish, ishlab chiqaruvchi korhonalar sonini ko‘paytirish maqsadida mahalliy va xorijiy korxonalarni jalb etish, hamda investitsiyaviy muhitni yaxshilash bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.
Charm-poyabzal sanoatining rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi omillar, shu jumladan hom ashyo bazasini oshirish, charm xom ashyosini qayta ishlashni chuqurlashtirish va sohadagi kadrlar malakasini oshirish zarurligi bilan bog‘liq tizimli muammolar muhokama qilindi. Ko‘p tomonlama muhokama davomida ko‘tarilgan masalalarni hal etish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqildi.
Shuningdek, investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari A.Voitov va “O‘zcharmsanoat” uyushmasi vakillari Bektemir tumanida joylashgan “Delta Dolphin Design”, “Ulkan Laziz”, “MMM AMIN BIO” va “Bektemir go‘sht Kombinati” MChJ kabi bir qator korxonalarga tashrif buyurib, charm hom ashyosini tayyorlash va qayta ishlash texnologik jarayoni bilan yaqindan tanishdilar.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi