O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Markaziy Osiyo va Rossiya tashqi ishlar vazirliklari rahbarlarining uchrashuvi to'g'risida
2021-07-16 | Siyosat
2021-yil 16-iyul kuni Toshkent shahrida “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiya doirasida tashqi siyosat mahkamalari rahbarlarining "Markaziy Osiyo – Rossiya" shaklidagi to'rtinchi uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Tadbirda Qozog‘iston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Tashqi ishlar vaziri Muxtor Tleuberdi, Tojikiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin, Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari – Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov, shuningdek, Qirg‘iziston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Nuran Niyazaliyev ishtirok etdi.
Uchrashuvda tomonlar Afg'onistondagi bugungi vaziyatni muhokama qildilar, shuningdek xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashdilar.
Yig'ilish yakunida Afg'onistondagi vaziyat bo'yicha qo'shma bayonot qabul qilindi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti