O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Prezident tashabbusi: Endi ikki mintaqa yanada yaqinlashadi

2021-07-19 | Siyosat

Ayni kunlarda butun jamoatchilik e’tiborida bo‘lgan-Prezidentimiz tashabbuskorligida 15-16-iyul kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar» mavzusidagi xalqaro konferensiya oliy ta’lim muassasalarida ham katta qiziqish bilan kuzatib borildi.

Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi tarixan yaqin va do‘stona aloqalarni mustahkamlash, yaxshi qo‘shnichilik rishtalarini bog‘lash, ikki mintaqa xalqlari va mamlakatlari manfaatlari yo‘lida hamkorlik harakatlarini olib borish masalalari forumning bosh maqsadlaridan biri bo‘ldi.

Forum kun tartibidan o‘rin olgan savdo, investitsiyalar, transport, energetika va innovatsiyalar, «yashil» texnologiyalar sohalarida hamkorlikni rivojlantirish, kooperatsiya bo‘yicha aniq loyiha va dasturlarni amalga oshirish, turizm, ta’lim, sog‘liqni saqlash, fan va madaniyat sohalarida sheriklikni kengaytirish, ikki mintaqa barqarorligi va xavfsizligini ta’minlash kabi muhim masalalar  - mintaqaviy bog‘liqlikni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Mazkur keng qamrovli tadbirda mintaqa bo‘yicha drayver rolini bajara olayotgan O‘zbekiston bugungi kunda o‘z tashqi siyosatini olib borishda nafaqat o‘z manfaatlarini, balki iqtisodiy, ijtimoiy, havfsizlik masalalarda mintaqa xalqlari manfaatlarini ham ilgari surayotganligini o‘z davlat rahbari tashabbuskorligida namoyon eta oldi.

Quvonarlisi, yuqori darajada bo‘lib o‘tayotgan mazkur konferensiyada mamlakatlar rahbarlari barcha masalalarda bir-birlarini qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsalar, davlatlar o‘rtasida faol siyosiy, iqtisodiy munosabatlar yanada mustahkamlanib, jahon miqyosida mintaqalararo  savdo, iqtisodiy va madaniy aloqalar yuritishning istiqbollari belgilab olindi.

Konferensiyada o‘rtaga tashlangan yangi takliflar, yangi loyihalar hamda  tashabbuslar ikki mintaqa - Markaziy Osiyo va Janubiy Osiyoni har tomonlama yaqin hamkorlikka eltuvchi eng maqbul yo‘llarni ochib berdi.

Manba: O'zA

Поделиться