O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Iqtisodiyot

O‘zbekiston Prezidenti Saudiya Arabistoni bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar mavjudligini qayd etdi

24.03.2022SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-mart kuni birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida mamlakatimizda bo‘lib turgan Saudiya Arabistoni Podshohligi investitsiyalar vaziri  Xolid al-Falih boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

O‘zbekiston Prezidenti Turkiy davlatlar tashkiloti Oqsoqollar kengashi mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishda muhim o‘rin tutishini ta’kidladi

24.03.2022SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-mart kuni Xalqaro investitsiya forumi doirasida mamlakatimizda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Turkiy davlatlar tashkiloti Oqsoqollar kengashi raisi, Turkiyaning Adolat va taraqqiyot partiyasi raisining o‘rinbosari Binali Yildirimni qabul qildi.

O‘zbekiston Prezidenti va OTB rahbari strategik sheriklikni kengaytirishning yangi yo‘nalishlarini belgilab oldilar

24.03.2022SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-mart kuni Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Masatsuga Asakavani qabul qildi.

Toshkent shahar hokimligi va Tatariston Respublikasi Hukumati o‘rtasida hamkorlik

24.03.2022SiyosatManba: Toshkent shahar hokimligi

“Chirchiq” kimyo-industrial texnoparkida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirokida Toshkent shahar hokimligi va Tatariston Respublikasi Hukumati o‘rtasida hamkorlik yuzasidan “Yo‘l xarita”si imzolandi.

TDT Oqsoqollar kengashi raisi bilan uchrashuv

24.03.2022SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining o’rinbosari Vladimir Norov mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) Oqsoqollar  kengashi raisi, Turkiya Adolat va taraqqiyot partiyasi raisi o‘rinbosari Yildirim Binali bilan uchrashdi.

Toshkent xalqaro investitsiya forumi istiqbolli loyihalarning taqdimot platformasi bo‘lib xizmat qiladi

24.03.2022IqtisodiyotManba: O'zA

Poytaxtimizdagi Xalqaro kongress markazida Toshkent xalqaro investitsiya forumi boshlandi.

Tatariston kompaniyalari bilan sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish masalalari muhokama qilindi

24.03.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakovning mamlakatimiz hukumati va ishbilarmon doiralari bilan muzokaralar o‘tkazish uchun amaliy tashrif bilan kelgan Tatariston Respublikasi Prezidenti R.Minnixanov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekistonning Turkiy davlatlar tashkilotiga a'zo mamlakatlar bilan o‘zaro hamkorligi masalalari muhokama qilindi

24.03.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 22-mart kuni Bosh vazir o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Turkiy davlatlar tashkiloti Oqsoqollar kengashi raisi, Turkiyaning Adolat va taraqqiyot partiyasi raisining o‘rinbosari Binali Yildirim bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Iqtisodiyot rivojining bugungi holati tahlil qilinib, qo‘shimcha choralar belgilandi

24.03.2022SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-mart kuni iqtisodiyot barqarorligini ta’minlash chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash shtabini ishga tushirdi

17.03.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Shtab o‘z ishini boshladi. 

Soliq yukini kamaytirish va sohani raqamlashtirish vazifalari belgilandi

17.03.2022SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Prezident Shavkat Mirziyoyev Davlat soliq qo‘mitasida sohani takomillashtirish bo‘yicha navbatdagi vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.

Prezident Davlat soliq qo‘mitasidagi markazda bo‘ldi

17.03.2022SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Prezident Shavkat Mirziyoyev 16-mart kuni Davlat soliq qo‘mitasining Ma’lumotlarni qayta ishlash markazini borib ko‘rdi.

Toshkentda xalqaro investitsiya forumiga keng ko‘lamli tayyorgarlik ko‘rilmoqda

16.03.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov rahbarligida birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi Tashkiliy qo‘mitasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Moliya vazirligi va “Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi o‘rtasida videokonferensiya o‘tkazildi

15.03.2022IqtisodiyotManba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

Joriy yilning 14-mart kuni Moliya vazirligi vakillari va “Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi ekspertlari bilan agentlikning reyting qo‘mitasiga tayergarlik maqsadida videokonferensiya o‘tkazildi.

Iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilandi

15.03.2022SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 14-mart kuni iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, davlat korxonalarini transformatsiya qilish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Surxondaryo viloyati mustaqil OAV vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

14.03.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Termiz shahrida Bosh vazir o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov mahalliy blogerlar va mustaqil jurnalistlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda mamlakatimiz va xorijda ro‘y berayotgan dolzarb masalalar va voqealar yuzasidan fikr almashildi.

Sanoat kooperatsiyasi va mahalliylashtirish – milliy iqtisodiyotning ustuvor yo‘nalishi

11.03.2022SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 11-mart kuni sanoat kooperatsiyasi va mahalliylashtirishni yanada kengaytirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Marokash shartnomasiga qo‘shilish ko‘zi ojizlar va ko‘rishda nuqsoni bo‘lganlar uchun kitoblar, jurnallar, o‘quv materiallaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytiradi

11.03.2022IqtisodiyotManba: “Dunyo” axborot agentligi

2022-yil 7-mart kuni Jenevada Jahon intellektual mulk tashkiloti (JIMT) bosh direktori Daren Tangga Ko‘zi ojiz, ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan va bosma axborotni idrok etishda boshqa jihatdan qobiliyati cheklangan shaxslarning nashr etilgan asarlardan foydalanishini yengillashtirish to‘g‘risidagi Marokash shartnomasiga O‘zbekistonning qo‘shilishi to‘g‘risidagi ratifikatsiya yorlig‘ining asl nusxasi taqdim etildi.

Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston 2021-2027 yillarga mo‘ljallangan hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha yangi Ko‘p yillik indikativ dasturni ishga tushirdi

11.03.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Toshkent shahrida Yevropa Ittifoqining O‘zbekiston uchun 2021-2027 yillarga mo‘ljallangan yangi Ko‘p yillik indikativ dasturini ishga tushirish bo‘yicha konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Toshkent xalqaro investitsiya forumiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari muhokama qilindi

10.03.2022JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov rahbarligida Toshkent xalqaro investitsiya forumiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha tashkiliy qo‘mitaning yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.