O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Surxondaryo viloyati mustaqil OAV vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2022-03-14 | Iqtisodiyot

Termiz shahrida Bosh vazir o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov mahalliy blogerlar va mustaqil jurnalistlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda mamlakatimiz va xorijda ro‘y berayotgan dolzarb masalalar va voqealar yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv davomida, shuningdek, tadbirkorlar va eksportchilar o‘z faoliyatida duch kelayotgan tizimli muammolar, hududda biznes sharoitlarini yaxshilash masalalari, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, sanoat salohiyatini rivojlantirish va aholi bandligini oshirish chora-tadbirlariga alohida e'tibor qaratildi.
 
Shuningdek, xalqaro iqtisodiy munosabatlardagi o‘zgarishlar, mahalliy biznes oldida turgan dolzarb muammolar, investitsiyaviy hamkorlik va eksportga yetkazib berish yo‘nalishlarini diversifikatsiya qilishning yangi imkoniyatlari muhokama qilindi.
 
Blogerlar hamjamiyati vakillari jurnalistlarni investitsiyaviy muhitni yaxshilash, tadbirkorlar va mahalliy aholining dolzarb muammolarini zudlik bilan aniqlash jarayonlariga jalb qilishni kuchaytirish, shuningdek, mutasaddi vazirliklar, idoralar va mahalliy hokimiyat organlari bilan yaqin hamkorlik mexanizmlarini joriy qilish bo‘yicha takliflar bildirdilar.
 
Suhbat davomida blogerlar tomonidan mahalliy biznes vakillari bilan muloqot qilish chog‘ida aniqlangan muammoli masalalar ham ko‘rib chiqildi. Mutasaddi rahbarlarga ko‘tarilgan muammolarning tezkor hal qilinishi ustidan nazoratni kuchaytirish topshirildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться