O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkent xalqaro investitsiya forumiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari muhokama qilindi

2022-03-10 | Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov rahbarligida Toshkent xalqaro investitsiya forumiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha tashkiliy qo‘mitaning yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda tadbirga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha choralarning amalga oshirilishi ko‘rib chiqildi. Tegishli vazirliklar, idoralar, O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy hokimiyat organlari rahbarlari olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida hisobot berishdi hamda tadbirning turli yo‘nalishlardagi tashkiliy va mazmuniga doir masalalarni hal qilishning joriy holati to‘g‘risida ma'lumot taqdim qilishdi.
 
Mamlakatning xalqaro ishbilarmonlar hamjamiyatidagi imidjini mustahkamlash, uning investitsiyaviy jozibadorligini yuksaltirish, hamkor davlatlar bilan investitsiyaviy munosabatlarni kengaytirish, xalqaro moliya institutlari va tashkilotlar bilan hamkorlikni chuqurlashtirish nuqtai nazaridan tadbirni yuqori saviyada o‘tkazish muhimligi ta'kidlandi.
 
Yig‘ilish davomida hal etilishi tegishli vazirlik va idoralarning tezkor va muvofiqlashtirilgan harakatlarini talab qiluvchi qator masalalar ko‘tarildi. Tegishli chora-tadbirlarni birgalikda amalga oshirish algoritmlari ishlab chiqilib, mas'ul rahbarlarga manzilli topshiriqlar berildi.
 
Shuningdek, TIF tadbirlarining biznes dasturi ko‘rib chiqildi va uning doirasida imzolanadigan aniq investitsiyaviy va savdo bitimlari ro‘yxatlarini shakllantirishni nazarda tutgan holda, forumni amaliy mazmun bilan boytish choralari muhokama qilindi. Tadbirning hozirgi kunda ishlab chiqilayotgan loyiha va dasturlar yuzasidan qat'iy kelishuvlarga erishish, tarmoqlar va hududlarning investitsiyaviy va iqtisodiy salohiyatini namoyish etish, shuningdek, xorijiy mamlakatlar ishbilarmon doiralarini O‘zbekistonda o‘z faoliyatini kengaytirishga jalb qilishning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qilishning yagona platformasi sifatida muhimligi qayd etildi.
 
Tadbir ishtirokchilari va mehmonlarining xavfsizligini ta'minlash maqsadida ko‘zda tutilgan barcha sanitariya-epidemiologiya tadbirlariga rioya qilish zarurligi alohida ta'kidlandi.
 
Yig‘ilish yakunida mutasaddi rahbarlarga tadbirning tashkiliy va mazmuniga doir masalalarini hal etish bo‘yicha manzilli ko‘rsatmalar berildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться