O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Prezident Davlat soliq qo‘mitasidagi markazda bo‘ldi

2022-03-17 | Siyosat

Prezident Shavkat Mirziyoyev 16-mart kuni Davlat soliq qo‘mitasining Ma’lumotlarni qayta ishlash markazini borib ko‘rdi.

Mamlakatimizda aholi va biznes uchun qulayliklarni oshirish, inson aralashuvini kamaytirish maqsadida soliq organlari faoliyati izchil raqamlashtirilmoqda. Xususan, ushbu markaz O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi farmoniga muvofiq, to‘liq yangilandi. Davlat byudjetidan ajratilgan 100 milliard so‘m evaziga binolar ta’mirlanib, uzluksiz elektr ta’minoti qurilmalari, pretsizion konditsionerlar, katta hajmli server va kompyuterlar bilan jihozlandi.

Natijada markaz quvvati 8 martaga oshdi, elektron xizmatlar ko‘lami kengaydi. Shaxsiy kartochkalarda saldo qatorlarini hisoblash kabi murakkab jarayonlar 10 barobar tezlashdi. Masalan, ilgari respublika bo‘yicha hisoblashga 24 soat ketgan bo‘lsa, endilikda bu jarayon 2-3 soatda amalga oshirilmoqda. Bu yashirin iqtisodiyotni qisqartirishda muhim omil bo‘lmoqda. 

Kiberhujumdan himoya, biznes-analitika texnologiyalari joriy qilindi. “e-ijara”, “e-imtiyoz”, “Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari”, “Soliq tekshiruvlari”, “Avtomatlashtirilgan kameral nazorat tizimi”, “Soliq uzilishi koeffitsiyenti” kabi yangi dasturiy mahsulotlar ishlab chiqildi.

Bu markazni mamlakatimiz soliq tizimining “miyasi” deyish mumkin. Bu yerga barcha soliq to‘lovchilarning ma’lumotlari integratsiya qilingan. 50 nafarga  yaqin malakali mutaxassis soliq aylanmasini onlayn rejimda kuzatib, masofadan tezkor xizmat ko‘rsatadi.

Davlatimiz rahbari markazdagi ish jarayonini ko‘zdan kechirdi. Soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Поделиться