O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Toshkent xalqaro investitsiya forumi istiqbolli loyihalarning taqdimot platformasi bo‘lib xizmat qiladi
2022-03-24 | Iqtisodiyot
Poytaxtimizdagi Xalqaro kongress markazida Toshkent xalqaro investitsiya forumi boshlandi.
Uning yalpi sessiyasida Prezident Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlamoqda.
Forumga xalqaro tashkilotlar va moliyaviy tuzilmalar, 56 ta davlatdan 1 ming 500 nafarga yaqin yirik investorlar va yuqori martabali mehmonlar tashrif buyurgan. Xususan, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo tarraqiyot banki prezidentlari, vazirlar, yirik korporatsiya va kompaniyalar rahbarlari ishtirok etmoqda.
Forum doirasida yalpi majlis va sho‘’ba majlislari, davra suhbatlari, taqdimotlar, brifinglar kabi qator tadbirlar ko‘zda tutilgan.
Mazkur anjuman mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun zarur bo‘lgan istiqbolli loyihalarning taqdimot platformasi bo‘lib xizmat qiladi. Yurtimizdagi imkoniyatlar, xorijiy investorlar uchun yaratilgan sharoitlar va jozibador yo‘nalishlar tanishtiriladi.
Hukumatning mamlakatni strategik rivojlantirish, xususiy sektorni rag‘batlantirish, xalqaro aloqalarni mustahkamlash va boshqa yo‘nalishlardagi ustuvor vazifalari belgilanadi.
Manba: O'zA