Moliya vazirligi va “Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi o‘rtasida videokonferensiya o‘tkazildi
Joriy yilning 14-mart kuni Moliya vazirligi vakillari va “Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi ekspertlari bilan agentlikning reyting qo‘mitasiga tayergarlik maqsadida videokonferensiya o‘tkazildi.
Videokonferensiya davomida “Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi ekspertlari O‘zbekiston Respublikasida makroiqtisodiy barqarorlikni saqlab turish va uzoq muddatli istiqbolda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta'minlashga qaratilgan tizimli islohotlarning amalga oshirish choralari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Xususan, joriy yilda kutilayotgan makroiqtisodiy kutilmalar, global iqtisodiyotdagi jarayonlarning milliy iqtisodiyotga ta'siri, tasdiqlangan Davlat byudjetida belgilangan asosiy ko‘rsatkichlarni ta'minlash omillari, mavjud tashqi va fiskal zaxiralar, davlat qarzini xavfsiz darajada saqlash choralari, davlat-xususiy sheriklik sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar va mamlakatning xalqaro reyting va indekslardagi o‘rni batafsil muhokama qilindi.
“Fitch Ratings”xalqaro reyting agentligi tomonidan 2018-yilda O‘zbekiston Respublikasining xalqaro kredit reytingi “ВВ-” (barqaror) darajasida baholangan bo‘lib, respublikadagi makroiqtisodiy holat hamda amalga oshirilayotgan islohotlar doimiy ravishda muhokama qilinadi.
Xususan, agentlikning so‘nggi hisobotida mamlakat suveren kredit reytingini oshiruvchi va cheklab turuvchi omillar bilan bir qatorda O‘zbekiston Respublikasi tomonidan amalga oshiriladigan navbatdagi islohotlarning murakkabligi, belgilangan muddatlari va islohotlardan ko‘zlangan yakuniy maqsadlari davlatning institusional salohiyati uchun o‘ziga xos sinov vazifasini o‘tashi nazarda tutilgan.
Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi