O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Tatariston kompaniyalari bilan sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish masalalari muhokama qilindi

2022-03-24 | Iqtisodiyot

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakovning mamlakatimiz hukumati va ishbilarmon doiralari bilan muzokaralar o‘tkazish uchun amaliy tashrif bilan kelgan Tatariston Respublikasi Prezidenti R.Minnixanov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv chog‘ida investitsiyaviy, savdo-iqtisodiy, sanoat, madaniy-gumanitar sohalarda O‘zbekiston-Rossiya munosabatlarining masalalari, shuningdek, Tatariston va O‘zbekiston viloyatlari o‘rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish chora-tadbirlari muhokama qilindi.
 
Oldin erishilgan kelishuvlar hayotga joriy etilayotganligi hamda ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirishning ulkan istiqbollari qayd etildi. O‘zbekiston hududlari va Tatariston o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar sanoat, savdo, madaniyat, ta'lim, shaharlarni obodonlashtirish, yoshlar siyosati va sport kabi sohalarda jadal rivojlanmoqda.
 
Avtomobilsozlik, maxsus texnika va avtomobil' ehtiyot qismlar ishlab chiqarish, uglevodorodlarni chuqur qayta ishlash, kam tonnajli kimyo va tibbiy asbob-uskunalar ishlab chiqarish sohalaridagi hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha navbatdagi tadbirlar ko‘rib chiqildi. Yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha aniq kelishuvlarga erishish uchun Tatariston kompaniyalari bilan muloqotni davom ettirishga kelishildi.
 
Tomonlar Qozonning “Himgrad” texnopolisi bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan “Chirchiq” kimyo-sanoat texnoparki qurilishi boshlanganini olqishlab, bu qadam sanoat kooperatsiyasi sohasidagi hamkorlikning katta yutug‘i ekanligini ta'kidladi. Ma'lum qilinishicha, hozirgi vaqtda bo‘lajak investorlar 200 million dollarga yaqin loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha takliflar taqdim etishgan va texnopark hududida birinchi sanoat ob'ektlarning ishga tushirilishi joriy yil oxirigacha amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Tatariston investorlari va ishlab chiqaruvchilarini qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga jalb etishga qaratilgan "roud-shou" o‘tkazish maqsadida “Chirchiq” texnoparki rahbariyati delegasiyasinining Tataristonga tashrifini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
 
Uchrashuv yakunida erishilgan kelishuvlar va tashabbuslarning amaliy ijrosi bo‘yicha navbatdagi tadbirlar muhokama qilindi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться