O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Iqtisodiyot

Xalqaro valyuta jamg‘armasining farmoyish beruvchi direktori etib tayinlangan K.Georgiyeva bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

21.10.2019Iqtisodiyot

Joriy yilning 19-oktabr kuni Investitsiyalar va savdo vaziri S.Umurzakov Xalqaro valyuta jamg‘armasining farmoyish beruvchi direktori etib tayinlangan K.Georgiyeva bilan uchrashdi.

O‘zbekiston delegatsiyasining Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki Prezidenti Szin Litsyun boshchiligidagi rahbariyati bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

21.10.2019Iqtisodiyot

Joriy yilning 19-oktabr kuni Vashingtonda O‘zbekiston delegatsiyasining Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki Prezidenti Szin Litsyun boshchiligidagi rahbariyati bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda hamkorlikning hozirgi holati va loyihalarni amalga oshirish ko‘rib chiqildi va tahlil etildi.

Xalqaro valyuta jamg‘armasining sobiq rahbari, Evropa Markaziy bankining yangi saylangan raisi Kristin Lagard bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

21.10.2019Iqtisodiyot

19-oktabr kuni Jahon banki va Xalqaro valyuta jamg‘armasi boshqaruvi kengashining yillik majlislari maydonida O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri hamda Xalqaro valyuta jamg‘armasining sobiq rahbari, Evropa Markaziy bankining yangi saylangan raisi Kristin Lagard o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Islom taraqqiyot banki Prezidenti va Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom Korporatsiyasining ijrochi rahbari bilan uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi

21.10.2019Iqtisodiyot

Joriy yilning 19-oktabr kuni Vashingtonda Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Islom taraqqiyot banki (ITB) Prezidenti B.Hajar va Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom Korporatsiyasining (XSRIK) ijrochi rahbari A. Sajiniy bilan uchrashdi.

Germaniya ishbilarmonlari Andijondagi xalqaro forumda ishtirok etdi

21.10.2019Iqtisodiyot

Germaniyaning ishbilarmon doiralari vakillari “Open Andijan” xalqaro investitsiya forumida ishtirok etdi.

“Open Andijan” I xalqaro forumi samarali natijalar beradi

21.10.2019Iqtisodiyot

Andijon shahridagi viloyat Yoshlar markazida “Open Andijan” I xalqaro investitsiya forumi ochilishiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi.

SSPda Malayziyaning "Matrade" kompaniyasi direktori bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

21.10.2019Iqtisodiyot

O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikramov 16-oktabr kuni Malayziyaning "Matrade" kompaniyasi direktori Muxammad Mustafa Abdul Aziz bilan uchrashdi.

O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda ingliz qonunchiligining o‘rni

18.10.2019Iqtisodiyot

Bugun poytaxtimizda “English Law Day in Tashkent” (“Toshkentda ingliz qonunchiligi kunlari”) xalqaro konferensiyasi davom etmoqda. Vazirlik va idoralar mutaxassislari, huquqshunoslar, ingliz huquqi sohasidagi milliy va xorijiy ekspertlar ishtirok etgan mazkur xalqaro konferensiya O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tashabbusi bilan tashkil etildi.

«O‘ztransgaz» aktsiyadorlik jamiyatida Yaponiyaning «Itochu Corporation» va «Marubeni Corporation» kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

18.10.2019Iqtisodiyot

Joriy yilning sentabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi delegatsiyasining Yaponiyaga tashrifi natijasiga ko‘ra mamlakatning «Itochu Corporation» va «Marubeni Corporation» kabi yetakchi kompaniyalari “Dispetcherlik markazi, monitoring va gaz infratuzilmasi ob'yektlarini boshqarishni (SCADA) joriy etish bilan O‘zbekiston Respublikasida gaz uzatish tizimini modernizatsiyalash” loyihasini hamkorlikda amalga oshirish borasida qiziqish bildirgani munosabati bilan uchrashuv tashkil etildi.

Koreyalik ishbilarmonlar yangi loyihalarni amalga oshiradi

17.10.2019Iqtisodiyot

Fargʻona shahridagi Tadbirkorlar markazida Oʻzbekiston – Koreya ishbilarmon doiralarining biznes-forumi boʻlib oʻtdi. Unda Janubiy Koreyaning Xvason shahridagi yirik kompaniyalar vakillari va mahalliy tadbirkorlar ishtirok etdi.

“SOKAR” kompaniyasi bilan neft-gaz va kimyo sohalarida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

16.10.2019Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019-yil 14-15-oktabr kunlari Baku shahrida bo‘lib o‘tgan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining (Turkiy kengash) yettinchi sammitida ishtirok etdi.

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan 2019-yil 15-oktabr O‘zbekiston-Malayziya biznes forumi va «B2B» uchrashuvi tashkil etildi

16.10.2019Iqtisodiyot

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasida o‘zaro savdo iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish maqsadida 2019-yil 15-oktabr kuni “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasida O‘zbekiston-Malayziya biznes forumi va «B2B» uchrashuvi tashkil etildi.

Namangan viloyati qishloq xo‘jaligi sohasida Hindistonning Gujarot shtati bilan hamkorlik qiladi

16.10.2019Iqtisodiyot

14-oktabr kuni Hindiston Respublikasining Gujarot shtati Agrosanoat korporatsiyasi boshqaruvchi direktori Karmjit Singx Randxava boshchiligidagi delegatsiya Namangan viloyatiga tashrif buyurdi.

Xalqaro amaliy seminar bo‘lib o‘tmoqda

16.10.2019Texnologiyalar

Toshkentda birinchi marta “International Hotel Tashkent” mehmonhonasida 15-16-oktabr kunlari “Startap ekotizimlarining mintaqaviy hamkorligi raqamli iqtisodiyot o‘sishining asosiy omili” mavzusida O'zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Xalqaro elektraloqa ittifoqining amaliy seminari bo‘lib o‘tmoqda.

Buyuk Britaniya Elchisi bilan uchrashuv

15.10.2019Siyosat

2019-yil 14-oktyabr kuni Senatda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyevning Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Timoti Torlot bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Turkiy tilli mamlakatlar hamkorlik kengashiga a’zo davlatlarning ishbilarmon doira vakillari ishtirokida biznes forum bo‘lib o‘tdi

15.10.2019Iqtisodiyot

Joriy yilning 15-oktabr kuni Boku shahrida Turkiy tilli mamlakatlar hamkorlik kengashining VII-sammiti doirasida Kengashga a’zo davlatlarning ishbilarmon doira vakillari ishtirokida biznes forum bo‘lib o‘tdi.