O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Iqtisodiyot

Bangladesh Xalq Respublikasi delegatsiyasi ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

12.09.2019Iqtisodiyot

Joriy yilning 10-sentabr kuni Savdo vaziri Tipu Munshi boshchiligidagi Bangladesh Xalq Respublikasi delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi doirasida Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan tashkil etilgan ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Rossiya Federal G'aznachiligi rahbariyati bilan uchrashuv

12.09.2019Iqtisodiyot

IV Moskva moliya forumi doirasida, O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi delegatsiyasi, Rossiya Federal G'aznachiligida uchrashuvlarda ishtirok etdi.

OʻzRTXB AJ xorijlik mijozlar uchun xizmat koʻrsatishning yagona mexanizmini ishga tushirdi

12.09.2019Iqtisodiyot

Oʻzbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasida (OʻzRTXB) eksport birja kelishuvlari boʻyicha hisob-kitoblarni tashkil etish maqsadida “Trastbank” va “Transkapitalbank” bilan qoʻshma loyihani amalga oshirishga bagʻishlangan anjuman boʻlib oʻtdi.

Zamonaviy toʻquv dastgohlari namoyish qilinmoqda

12.09.2019Iqtisodiyot

“Oʻzekspomarkaz” milliy koʻrgazmalar majmuida Toshkent global toʻqimachilik kunlari doirasida Xalqaro toʻqimachilik mahsulotlari va moda industriyasi – “UzTextileExpo–2019” va Toshkent toʻqimachilik mashinasozligi – “TTME–2019” koʻrgazmalari ochildi.

Tadbirkorlikni rivojlantirish va davlat byudjetiga kafolatlangan tushumlarni ta’minlash masalalari tahlil qilindi

12.09.2019Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 11-sentabr kuni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish hamda davlat byudjetiga kafolatlangan tushumlarni ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Xitoyning agrar sohadagi innovatsion tajribasini Oʼzbekistonga tatbiq qilish masalalari muhokama qilindi

11.09.2019Innovatsiya

oriy yilning 10-sentyabr kuni “Qishloq xoʼjaligini isloh qilishda Xitoy Xalq Respublikasi tajribasi va uni Oʼzbekiston Respublikasida qoʼllash imkoniyati” mavzusidagi oʼzbek-xitoy konferentsiyasi boʼlib oʼtdi. Tadbir Xitoyning ochiqlik islohotlari siyosati 40 yilligiga va Oʼzbekistonning Harakatlar strategiyasi doirasida yangilangan ichki va tashqi siyosatini ilgari surish tajribasiga bagʼishlangan.

Xitoy Xalq Respublikasining agrar sohani isloh qilish tajribasini mamlakatimizda qo‘llash imkoniyatlari muhokama qilindi

11.09.2019Iqtisodiyot

2019-yilning 10-sentabr kuni Toshkent shahrida “Xitoy Xalq Respublikasining qishloq xo‘jaligini isloh qilish bo‘yicha tajribasi va uni O‘zbekiston Respublikasida qo‘llash imkoniyati” mavzusida O‘zbekiston-Xitoy xalqaro  konferentsiyasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir Xitoyning ochiqlik islohotlari siyosati 40 yilligi va Harakatlar strategiyasi doirasida O‘zbekistonning yangilangan ichki va tashqi siyosatini ilgari surish tajribasiga bag‘ishlandi.

“O'zbekiston-Turkiya” ishbilarmon doira vakillarining biznes-uchrashuvi

11.09.2019Iqtisodiyot

2019-yil 9-sentabr kuni O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va Turkiya davlatidagi O'zbekiston Respublikasi elchixonasi bilan xamkorlikda “O'zbekiston-Turkiya” ishbilarmon doira vakillarining biznes-uchrashuvi «B2B» bo'lib o'tdi.

Vazir boshchiligida idoralararo ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

10.09.2019Iqtisodiyot

Joriy yilning 9-sentabr kuni Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S. Umurzakov boshchiligida Birlashgan Arab Amirliklari va Fransiya investorlari bilan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qilish bo‘yicha idoralararo ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Xalq bankining xorijiy hamkorlari soni ko‘paymoqda

10.09.2019Iqtisodiyot

Ayni paytda Xalq banki «Savdoni moliyalashtirish» uchun Polshaning «Bank Gospodarstwa Krajowego» bankidan 20 million yevro miqdorida kredit limiti oldi.

O‘zbekiston yiliga 100 ming dona muzlatgich eksport qiladi

10.09.2019Iqtisodiyot

“O‘zeltexsanoat” uyushmasi Koreyaning “Samsung Elektroniks” kompaniyasi hamda “Artel” kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi. Ushbu loyiha asosida bir million dona maishiy muzlatgichlar ishlab chiqarish mo‘ljallanmoqda.

Gruziya Tashqi ishlar vazirining O‘zbekistonga tashrifi to‘g‘risida

10.09.2019Siyosat

2019-yilning 10-sentabr kuni Gruziya Tashqi ishlar vaziri David Zalkaliani boshchiligidagi delegatsiya Toshkent shahriga keladi.

Xayrullo Bozorov Jahon banki delegatsiyasini qabul qildi

09.09.2019Iqtisodiyot

Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov 9-sentabr kuni Rozanna Nitti boshchiligidagi Jahon banki delegatsiyasini qabul qildi.

Eksportyor korxonalar va ishlab chiqaruvchilarga imkoniyatlar yaratildi

09.09.2019Iqtisodiyot

Mamalakatimizda ishlab chiqarilayotgan milliy mahsulotlarimizning sifati va uning jahon bozorlarida raqobatbardoshligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

O‘zbekistonning 4 ta viloyatida paxtachilik sohasidagi yangi global dastur tajriba sifatida qo‘llaniladi

09.09.2019Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Germaniya Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot bo‘yicha federal vazirligi hamda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) o‘rtasida "Paxtachilik sanoatida barqaror rivojlanish va qo‘shilgan qiymatni oshirish" global dasturi ishga tushirildi. Poytaxtimizdagi Radisson Blu mehmonxonasida mazkur loyihaning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

«Turkiya davlat temir yo‘llari» OAJ delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

09.09.2019Iqtisodiyot

2019-yil 6-sentabrda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida «Turkiya davlat temir yo‘llari» OAJ bosh direktori E. Arikan boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.