O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalqaro valyuta jamg‘armasining farmoyish beruvchi direktori etib tayinlangan K.Georgiyeva bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2019-10-21 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 19-oktabr kuni Investitsiyalar va savdo vaziri S.Umurzakov Xalqaro valyuta jamg‘armasining farmoyish beruvchi direktori etib tayinlangan K.Georgiyeva bilan uchrashdi.

Xalqaro valyuta jamg‘armasi rahbari O‘zbekistonning ulkan resurs va demografik salohiyatga ega davlat ekanligini e’tirof etib, islohotlar jarayoniga yuqori baho berdi. Mamlakat hukumati tomonidan moliya tashkilotlari va xorijiy investorlar bilan o‘zaro munosabatlarga oid tanlangan yo‘nalish hozirgi sharoitda jadal ijtimoiy-iqtisodiy o‘sish sur’ati uchun maqbul ekanligini ta’kidladi.

Bu borada makroiqtisodiy islohotlar, xususan, davlat korxonalari sektori va bank tizimini yanada jadallashtirish masalalari muhokama qilindi.

Xalqaro valyuta jamg‘armasi rahbariyati Respublika iqtisodiyotining samaradorligi va raqobatbardoshligini oshirishga axborot va maslahat ko‘magini ko‘rsatishga tayyor ekanligini bildirdi. Shu munosabat bilan yaqin istiqbolda Toshkentga doimiy vakilni yuborish masalasi ko‘rib chiqiladi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha kelgusi aloqalarning qator amaliy masalalari ishlab chiqildi hamda Xalqaro valyuta jamg‘armasining O‘zbekistondagi vazirlik va idoralar bilan hamkorligi mexanizmlari muhokama qilindi.

Поделиться