O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“SOKAR” kompaniyasi bilan neft-gaz va kimyo sohalarida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

2019-10-16 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019-yil 14-15-oktabr kunlari Baku shahrida bo‘lib o‘tgan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining (Turkiy kengash) yettinchi sammitida ishtirok etdi.

Tashrif doirasida, 13-oktabr kuni energetika vazirining birinchi o‘rinbosari Jo‘rabek Mirzamahmudov va “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi Bahodirjon Sidiqov boshchiligidagi delegatsiya “SOKAR” kompaniyasi prezidenti R. Abdullayev bilan muzokaralar o‘tkazdi. Unda neft-gaz va kimyo sohalarida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Tomonlar qo‘shma loyihalarni amalga oshirish jarayonini muhokama qildilar, shuningdek, ularni amalga oshirishni jadallashtirish mexanizmlari ishlab chiqildi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasining investitsiya bloklarida geologiya-qidiruv ishlarini olib borish va Qashqadaryo viloyatidagi konlarda qazib olishni ko‘paytirish loyihalarini tezkorlik bilan amalga oshirish bo‘yicha yo‘l xaritalari imzolandi.

Tomonlar quduqlarni tiklash va kapital ta’mirlash ishlarini jadallashtirish, shuningdek, O‘zbekistondagi quduqlarni burg‘ilash va kapital ta’mirlashda foydalaniladigan neft-gaz uskunalari va butlovchi qismlar ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha qator kelishuvlarga erishdilar.

Ozarbayjon hududida hamkorlikni rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, Kaspiy dengizining Ozarbayjon qismida neft qazib olish loyihalarini birgalikda o‘rganish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

14-15-oktabr kunlari O‘zbekiston delegatsiyasi “SOKAR” kompaniyasining qator korxonalariga, jumladan, ilmiy tadqiqotlar va loyiha-qidiruv ishlanmalari bo‘yicha dunyoning yetakchi tashkilotlaridan biri bo‘lgan “NIPIneftgaz SOKAR” ilmiy-tadqiqot institutiga tashrif buyurdi. “NIPIneftgaz SOKAR” 1959-yilda Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodini loyihalashda ishtirok etgan.

Shuningdek, delegatsiya “SOKAR” kompaniyasining neft va gaz uskunalari va kimyoviy reaktivlar ishlab chiqarish korxonasiga ham tashrif buyurdi.

Bundan tashqari, jahon savdo kompaniyalardan biri hisoblangan “SOKAR Treyding” bilan O‘zbekiston neft-gaz va kimyo mahsulotlarining eksport salohiyatini oshirish imkoniyatlari ham muhokama qilindi.

Поделиться