O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan 2019-yil 15-oktabr O‘zbekiston-Malayziya biznes forumi va «B2B» uchrashuvi tashkil etildi
2019-10-16 | Iqtisodiyot
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasida o‘zaro savdo iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish maqsadida 2019-yil 15-oktabr kuni “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasida O‘zbekiston-Malayziya biznes forumi va «B2B» uchrashuvi tashkil etildi.
Asosiy maqsad - O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirish, Malayziya kompaniyalari bilan istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qilishdan iboratdir.
Ushbu biznes forumda 30 dan ortiq Malayziya kompaniyalari hamda respublikamizning 100 ga yaqin tadbirkorlik sub'yektlariishtirok etdilar.
O‘zbekiston Savdo-sanoat palaatasi raisining birinchi o‘rinbosari Islom Jasimov, o‘z nutqidaMalayziya delegatsiya vakillariniO‘zbekistonda investitsion muhitni yanada yaxshilash, iqtisodiyotni liberallashtirish, tadbirkorlarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirib o‘tdilar.
Tadbir davomida Malayziya delegatsiyasi vakillari O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sishning ijobiy dinamikasini ta’kidlab, respublikamiz hukumatining iqtisodiyotning turli sohalarini erkinlashtirish, xorijiy sarmoyadorlar uchun yaratilgan zarur shart-sharoitlarni yuqori baxoladilar.
Ikki mamlakat ishbilarmon doira vakillari ishtirokidagi «B2B» uchrashuvidaO‘zbekiston va Malayziya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik aloqalarini rivojlantirish istiqbollari, jumladan, ikki mamlakat korxonalarining hamkorlik aloqalarini yanada jadallashtirish bo‘yicha o‘zaro fikr almashildi.
Ta’kidlash joizki, 2018-yilgi o‘zaro tovar aylanmasininghajmi 78,274 mln. AQSh dollarini tashkil etdi(+119,5%), ulardan 7,674 mln. AQSh dollari eksport,70,599 mln.AQSh dollari importga to‘g‘ri keladi.
Asosiy eksport mahsuloti kimyoviy o‘g‘itlar, meva va sabzavotlar, baklagiller, asal hisoblanadi.
Import: yog‘lar va yog‘lar, sanoat yoki laboratoriya uskunalari, qahva va choy kontsentratlari, sovun va boshqa yuvish vositalari ishlab chiqarish uchun xom ashyolarva boshqalar.
Bugungi kunda O‘zbekistonda Malayziya kapitali ishtirokidagi 16 takorxona faoliyat yuritmoqda. Shundan, 14 qo‘shma korxona va 2 tasi xususiy korxona.