O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Germaniya ishbilarmonlari Andijondagi xalqaro forumda ishtirok etdi

2019-10-21 | Iqtisodiyot

Germaniyaning ishbilarmon doiralari vakillari “Open Andijan” xalqaro investitsiya forumida ishtirok etdi.

Oʻzbekistonning Germaniyadagi elchixonasi matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, delegatsiya tarkibi qishloq xoʻjaligi texnikasi, avtomobilsozlik, oziq-ovqat va toʻqimachilik sanoati, qurilish materiallari ishlab chiqarish, qishloq xoʻjalik mahsulotlarini qayta ishlash, bank va konsalting xizmatlari sohalarida ish olib borayotgan 20 dan ortiq nemis kompaniyalari vakillaridan iborat.
 
Delegatsiya aʼzolari orasida “Commerzbank” va “Landesbank Baden-Württemberg”, “Trützschler GmbH & Co. KG”, “Max Holder GmbH”, “ABM Anlagenbau und Maschinentechnik GmbH”, “Gühring GmbH”, “SR Business Germany”, “ITM Investment Trade Marketing GmbH”, “Rödl&Partner” i “RSP-i” kabi yetakchi banklar va kompaniyalar vakillari bor edi.
 
Germaniyalik ishbilarmonlarning boʻlajak tadbirda ishtirok etishdan maqsadi Andijon viloyatining investitsiya va eksport salohiyati bilan bevosita tanishish, shuningdek, mahalliy tadbirkorlar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni oʻrnatishdir.
 
Forum doirasida Germaniya ishbilarmon doiralari vakillari oʻzbekistonlik sheriklari bilan G2B va B2B formatlarida ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazishi rejalashtirilgan boʻlib, yakunda aniq investitsiya loyihalari va eksport shartnomalari boʻyicha kelishuvlarga erishish kutilmoqda.
 
Germaniya kompaniyalari Qoʻrgʻontepa tumanida trikotaj fabrikasini modernizatsiya qilish va tozalangan oʻsimlik moyi ishlab chiqarish zavodini qurish, Xoʻjaobod tumanida transport-logistika markazini barpo etish, Shahrixon tumanida quritilgan mevalar va ziravorlar ishlab chiqarish loyihalarida ishtirok etdi.

Поделиться