O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Buyuk Britaniya Elchisi bilan uchrashuv
2019-10-15 | Siyosat
2019-yil 14-oktyabr kuni Senatda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyevning Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Timoti Torlot bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Oksford universiteti bilan ilmiy tadqiqotlarning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. Shu o‘rinda amaliy loyihalarni ro‘yobga chiqarish, shu jumladan Oksford islom tadqiqotlari markazida o‘qituvchi va talabalarning malakasini oshirish imkoniyatlari bo‘yicha fikr almashildi.
Shuningdek, tomonlar O‘zbekiston moliya bozorini barqaror rivojlantirish maqsadida Britaniya tashkilotlari va kompaniyalari bilan hamkorlikni mustahkamlash masalalarini ham ko‘rib chiqdilar.