O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston delegatsiyasining Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki Prezidenti Szin Litsyun boshchiligidagi rahbariyati bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

2019-10-21 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 19-oktabr kuni Vashingtonda O‘zbekiston delegatsiyasining Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki Prezidenti Szin Litsyun boshchiligidagi rahbariyati bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda hamkorlikning hozirgi holati va loyihalarni amalga oshirish ko‘rib chiqildi va tahlil etildi.

Tomonlar Buxoro viloyatida infratuzilmaviy qurilish loyihalarida (suv ta’minoti, kanalizatsiya tizimlari, yo‘llarni qayta qurish) erishilgan yutuqlarni ijobiy baholadilar. Hozirgi paytda Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham  loyihalarni qamrab olgan holda Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar bankining ikkita missiyasi O‘zbekistonda jadal sur’atda ishlamoqda.

Shuningdek, Jahon banki bilan birgalikda qishlok joylarni obodonlashtirish dasturi bo‘yicha hamkorlikni faollashtirish muhokama qilindi. Bu masalalar borasidagi muzokaralar allaqachon olib borilmoqda.

Bundan tashqari, aholini issiq suv va issiqlik energiyasi bilan ta’minlash sifatini sezilarli oshirishga imkon beruvchi zamonaviy tejamkor texnologiyalarni tatbiq etish va issiqlik ta’minoti tizimini rivojlantirish bo‘yicha kompleks loyihalarga Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki resurslarini jalb etishni inobatga olib, kelgusi hamkorlikni kengaytirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Ushbu loyihalarni Yevropa investitsiya banki bilan hamkorlikda amalga oshirish taklif etildi.

Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki Boshqaruvi kengashining 2024 yildagi yig‘ilishini O‘zbekistonda o‘tkazish istiqbollari alohida muhokama etildi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar kelgusi hamkorlikning ustivor yo‘nalishlarini qayd etdilar va qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishni jadallashtirish to‘g‘risida kelishib oldilar.

Поделиться