O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Islom taraqqiyot banki Prezidenti va Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom Korporatsiyasining ijrochi rahbari bilan uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi

2019-10-21 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 19-oktabr kuni Vashingtonda Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Islom taraqqiyot banki (ITB) Prezidenti B.Hajar va Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom Korporatsiyasining (XSRIK) ijrochi rahbari A. Sajiniy bilan uchrashdi.

O‘zbekistonning joriy yil Islom taraqqiyot bankining barcha institutlari a’zosi bo‘lganini hisobga olganda ishtirokchilar ITB guruhi bilan strategik hamkorlik sur’ati nihoyatda yuqori ekanligi bilan ajralib turishi haqida yakdil fikr bildirdilar. Bu esa 2019-2022-yillarda O‘zbekiston bilan hamkorlik Strategiyasi doirasida mazkur moliya institutining ulkan ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirishda ishtirokini kengaytirish imkonini beradi.

Konstruktiv muloqotda aloqalarning dolzarb nuqtasi, shu jumladan, O‘zbekistonda davlat-xususiy sheriklik asosida maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha dasturda Islom taraqqiyot bankining Arab Muvofiqlashtiruvchi guruhi jamg‘armalari bilan qo‘shma ishtiroki istiqbollari masalasi ham muhokama etildi.

Shuningdek, avtomobil yo‘llarini qurish, tibbiyot markazlari va klinikalarni texnologik jihozlash hamda aholining turmush sharoitini kompleks yaxshilash sohalaridagi istiqbolli loyihalar ro‘yxati ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakuniga ko‘ra, ITB rahbariyati muhokama etilgan vazifalarning iqtisodiy tamoyillarini o‘rganish uchun joriy yilning o‘zida missiyani yuborishga tayyor ekanligini bildirdi.

Поделиться