O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Xalqaro valyuta jamg‘armasining sobiq rahbari, Evropa Markaziy bankining yangi saylangan raisi Kristin Lagard bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2019-10-21 | Iqtisodiyot
19-oktabr kuni Jahon banki va Xalqaro valyuta jamg‘armasi boshqaruvi kengashining yillik majlislari maydonida O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri hamda Xalqaro valyuta jamg‘armasining sobiq rahbari, Evropa Markaziy bankining yangi saylangan raisi Kristin Lagard o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida K. Lagardga EMB rahbari lavozimiga saylangani munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tabrigi va samimiy istaklari bitilgan rasmiy maktubi topshirildi.
Uchrashuvda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirilishi holati, shuningdek, ular bilan bog‘liq dolzarb masalalar: zamonaviy tartibga solish mexanizmlarini joriy etish orqali iqtisodiyotni erkinlashtirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va xalqaro rivojlanish institutlari mablag‘larini yanada faol jalb qilish, kapital bozorini rivojlantirish, hududiy va tarmoq rivojlantirish dasturlari muxokama kilindi.
O‘zbekiston bilan hamkorlikning kelgusi istiqbollari haqida gapirganda, uchrashuvda salohiyatli hamkorlik va Respublika hukumatiga mamlakatni o‘zgartirish jarayonlarini jadallashtirish va islohotlarning takrorlanmasligini ta’minlashda amaliy yordam berish masalalari ko‘tarildi.