O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Iqtisodiyot

Energetika sohasida O‘zbekiston-Koreya hamkorligi masalalari muhokama etildi

11.11.2019Iqtisodiyot

Joriy yilning 7-noyabr kuni Energetika vazirligida Koreya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchisi Kan Chje Kvon bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Koreya Eksimbanki delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

11.11.2019Iqtisodiyot

Joriy yilning 8-noyabr kuni investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida Koreya Eksimbanki moliyaviy operatsiyalar bo‘yicha direktori Ch. Yun-su boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, unda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi vakillari ham ishtirok etdilar.

O‘zbekiston delegatsiyasi Antaliya sanoat zonasida bo‘ldi

11.11.2019Iqtisodiyot

2019-yilning 8-noyabr kuni Turkiyada bo‘lib o‘tadigan Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 24-majlisida ishtirok etish doirasida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov boshchiligidagi delegatsiya Antaliya sanoat zonasiga tashrif buyurdi.

Pokistonning 4 shahrida Namangan savdo uylari ochiladi

08.11.2019Iqtisodiyot

Pokistonning Karachi, Lahor, Peshovar va Multon shaharlarida Namangan savdo uylari ochiladi. Pokistonning “Najeb Consultants Pvt” kompaniyasi bilan hamkorlikda ochiladigan bu savdo ofislarida Namangan viloyatida ishlab chiqarilgan tekstil va boshqa yengil sanoat mahsulotlari hamda yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sotiladi. Namangan viloyati hokimligi hamda “Najeb Consultants Pvt” kompaniyasi o‘rtasida bu haqda kelishuv imzolandi.

Masdar kompaniyasi bilan investitsiya bitimini imzolash marosimi

08.11.2019Iqtisodiyot

Joriy yil 8-noyabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va Masdar kompaniyasi (BAA) o‘rtasida investitsiya bitimini imzolanishi bo‘lib o‘tdi.

“Tayvan tovuqchilik qiroli” Namanganda yirik tovuqchilik kompleksi qurilishini boshlaydi

07.11.2019Iqtisodiyot

Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov 6-noyabr kuni Tayvanning Kai Shing Trading Co. Ltd kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Ten Syuekayni qabul qildi.

Toshkent metropoliteni 42 yoshga to‘ldi

06.11.2019Jamiyat

Bugun Toshkent metropoliteni qurilganiga 42 yil bo‘ldi. “Lonely Planet” nashriyoti Toshkent metropolitenini dunyodagi eng chiroyli metropolitenlardan biri deb atadi. Darhaqiqat, u dunyodagi eng chiroyli metropolitenlardan biri. Shuningdek, VVS nashriyoti yaqinda maqola e'lon qilib, unda poytaxtimiz metropolitenining ko‘rkamligi va timsollarga boyligi haqida ma'lumot keltirgan. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Norvegiya Qirolligining delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

06.11.2019Iqtisodiyot

Joriy yilning 5-noyabr kuni Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida Norvegiya Qirolligining Tashqi ishlar vazirligi Davlat kotibi A.Xalvorsen boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, unda shuningdek, Norvegiya Qirolligining Favqulodda va Muxtor Elchisi J. Berney ham ishtirok etdi.

Oʻzbekiston-Afgʻoniston ishchi komissiyasining dastlabki majlisi oʻtkazildi

06.11.2019Iqtisodiyot

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Termiz tumanidagi Afgʻoniston fuqarolarini oʻqitish taʼlim markazida Oʻzbekiston va Afgʻoniston oʻrtasida transchegaraviy savdoni rivojlantirish boʻyicha Ishchi komissiyasining birinchi majlisi boʻlib oʻtdi.

Eksport salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha Respublika komissiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif buyurdi

05.11.2019Iqtisodiyot

Joriy yilning 4-noyabr kuni Investitsiyalar va Tashqi savdo vaziri S. Umurzakov boshchiligidagi hududlar va tarmoqlarning eksport salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha Respublika komissiyasi joylarda Qoraqalpog‘iston Respublikasining investitsiya va eksport ko‘rsatkichlarini muhokama qildi.

Pokistonda Namangan viloyati ko‘rgazmasi tashkil etiladi

05.11.2019Jamiyat

Namangan viloyati hokimligida 2-noyabr kuni Pokistonning Lahor shahrida joylashgan O‘zbekiston — Pokiston savdo va madaniyat markazi raisi Ruhayl Ikrom boshchiligidagi delegatsiya qabul qilindi.