O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Kursant qizlar bilan muloqot
2021-08-10 | Jamiyat
IIV Akademiyasi kunduzgi ta'limining birinchi bosqichida ta'lim olayotgan kursant qizlar uchun davra suhbati tashkil etildi.
Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti, Xotin-qizlar kengashi, hamda Tarbiyaviy bo'lim hamkorligida o'tkazilgan muloqot chog'ida Prezidentimizning besh muhim tashabbusi doirasida yaratilgan imkoniyatlar haqida fikr almashildi.
So'zga chiqqanlar ta'lim muassasasida yoshlarning bilim olishi, tanlagan kasbi sir-asrorlarini o'rganishi, o'z iqtidor va iste'dodini to'la namoyon etishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilganini aytib, ma'naviy-ma'rifiy, badiiy-estetik tarbiya hamda sport yo'nalishlarida faoliyat yuritayotgan to'garaklar haqida batafsil ma'lumot berishdi.
– Psixologiya faniga juda qiziqqanim bois ushbu mutaxassislik yo'nalishida ta'lim olayapman, – deydi kursant Muqaddas Hasanova. – O'quv dargohimizda yaratilgan shart-sharoitlarni biz yoshlarni har tomonlama qanoatlantiradi. Bugungi muloqotda bo'sh vaqtimizdan unumli foydalanish, bilim cho'qqilarini egallash borasida ko'plab tavsiyalar berildi. Kelgusida Iqtidorli kursantlar kengashiga a'zo bo'lib, intellektual salohiyatimni to'la ro'yobga chiqarish uchun asdoydil harakat qilaman.
Samimiy muloqot ruhida o'tgan tadbir yoshlarni bir maqsad sari birlashtirishda muhim omil bo'ldi.
Manba: O‘zbеkiston Rеspublikаsi Ichki ishlаr vаzirligi