O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Jahon xayriya indeksida 53-o‘rindan 29-o‘ringa ko‘tarildi

2021-08-11 | Siyosat

Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Videokonferensaloqa tarzida o‘tkazilgan yig‘ilishni Senat raisi, Kengash raisi Tanzila Norboyeva olib bordi.

Yig‘ilishda ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy sohaga oid ustuvor xalqaro reyting va indekslarda O‘zbekistonning o‘rnini yaxshilash bo‘yicha 2021 yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasining birinchi yarim yillikdagi ijrosi, Jahon iqtisodiy forumining Global raqobatbardoshlik indeksida O‘zbekistonning o‘rnini aks ettirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasining ijrosi muhokama qilindi.

Bundan tashqari davlatimiz rahbarining 2021-yil 14-yanvardagi «O‘zbekiston Respublikasida huquq ustuvorligini ta’minlash holatini aniqlashning samarali mexanizmini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorining ijrosi to‘g‘risidagi masalalar muhokama qilindi.

Qayd etilganidek, so‘nggi uch oy davomida bir qator xalqaro reytinglarda mamlakatimiz o‘rni yaxshilandi. Xususan, «S&P» Global Ratings tomonidan yuritiladigan suveren kredit reytingida mamlakatimiz reyting prognozi «salbiy»dan «barqaror»ga oshirildi. Parlamentlararo ittifoq tomonidan yuritiladigan «Siyosatdagi ayollar» jahon reytingining «Parlamentdagi ayollar» qismida O‘zbekiston 130-o‘rindan 45-o‘ringa ko‘tarildi. Jahon xayriya indeksida 114 ta davlat orasida mamlakatimiz 53-o‘rindan 29-o‘ringa, ya’ni deyarli ikki baravar ko‘tarildi.

Yig‘ilishda Respublika kengashi tomonidan 532 banddan iborat 2021-yilga mo‘ljallangan ish rejasi tasdiqlangan bo‘lib, birinchi yarim yillikda ijtimoiy-iqtisodiy sohada bajarilishi belgilangan 272 ta banddan 76 tasi bajarilganligi, 188 tasi bajarilayotganligi va 8 tasi bajarilmaganligi, siyosiy-huquqiy sohada 86 ta banddan 32 tasi bajarilganligi, 50 tasi bajarilayotganligi va 4 tasi bajarilmaganligi ta’kidlandi.

Tadbirda Jahon iqtisodiy forumining Global raqobatbardoshlik indeksida O‘zbekistonning o‘rnini aks ettirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasining ijrosi ham muhokama qilindi.

Muhokama davomida hududlarning huquq ustuvorligi indeksini aniqlash uchun zarur bo‘lgan statistik ma’lumotlarni “Huquq ustuvorligi” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga (huquq.indikator.uz) kiritishda mutasaddi tashkilotlar tomonidan sustkashlikka yo‘l qo‘yilayotganligi qayd etildi. Bu esa Tizimga kiritilgan ma’lumotlarni umumlashtirgan holda o‘tgan hisobot yili uchun Hududlarning huquq ustuvorligi indeksini o‘z vaqtida tuzish imkonini bermayotgani ta’kidlandi.

Shuningdek, yig‘ilishda mas’ul vazirlik va idoralar axboroti eshitilib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish va belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan bir oy muddatda Respublika kengashiga tegishli axborot kiritilishi vazifasi qo‘yildi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться